So’nggi yangiliklar

17:11Эндрик январь ойида Лига 1нинг энг яхши футболчиси деб топилди  3 16:40"Фиорентина"да юрак хуружини бошдан кечирган Бове 14 ойдан сўнг футболга қайтди  1 16:06Рэшфорд яна "Барселона" машғулотларини ўтказиб юборди  2 15:35Назорат ўйини. “Ғазалкент” Россия жамоасига қарши ўйинда 0:4 ҳисобида мағлуб бўла туриб, якунда дуранг қайд этди  1 15:02"Арсенал" норвегиялик вингерни нишонга олди  3 14:20"Ливерпуль” Англия терма жамоасининг янги юлдузини трансфер қилишга келишиб олди  4 13:37Пулишичга “Арсенал”, МЮ ва "Тоттенхэм" қизиқмоқда. "Милан" хавбекни 70-80 млн еврога сотишга тайёр  8 13:10“Ман Сити”, “Ливерпуль” ва “Ман Юнайтед” кузатаётган футболчи 100 млн еврога баҳоланмоқда  5 12:34Шомуродов яна тўпурарлар жадвалида биринчи ўринга қайтадими? Бугун Туркияда Истанбул дербиси бўлиб ўтади, унда ҳамюртларимиз иштирок этади  11 12:27"Манчестер Сити" Игор Тиагони ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:54"Бавария" Виктор Осимхенни сотиб олиши мумкин  0 11:25Ўзбекистон терма жамоаси ярим ҳимоячиси "Андижон"га ўтмоқда  10 11:22Жозе Моуринью Португалия терма жамоасини бошқаради  5 10:50Ёрқин Назаровга янги мавсумда беларуслик мураббий кўмаклашади  2 10:05Арне Слот: "VAR фақат аниқ ҳолатларда ишлаши керак"  3

Turning dastlabki beshta o'yinida imkoniyatlar qanday? Yangiliklar

Turning dastlabki beshta o'yinida imkoniyatlar qanday?

Bugun oliy ligada beshta uchrashuv bo'lib o'tadi. Mazkur turdan keyin "Neftchi" turnir jadvalidagi o'z o'rnini yanada mustahkamlab olishi mumkin bo'ladi.
Neftchi (Farg'ona) – So'g'diyona (Jizzax)
25 aprel 2015. Farg'ona. “Istiqlol” stadioni. 17:00
Hakamlar:
I.Tantashev, B.Qodirov, A.Qo'ldoshev, D.Muxtorov.
Nazoratchi: A.Arutyunov.
Imkoniyatlar: 60:40%



"Lokomotiv" va "Metallurg" to'sig'idan to'rt ochko bilan o'tib olgan farg'onaliklar uchun keyingi ikkita o'yinni uyida bo'lib o'tishi katta ustunlikni beryapti. Bugun jamoa "So'g'diyona"ga qarshi "Istiqlol" stadionida baxs olib boradi. Murod Bobojonovning sog'lig'i tobora yaxshilanib boryapti, qolaversa jamoada g'oliblik ruxi hukmronlik qilyapti. Davron Fayziev jamoasi esa hozircha bor yo'g'i bir ochko olgan holda Farg'onaga tashrif buyurgan. Bugungi o'yinda tashabbus asosan "Neftchi"da bo'lsa ajablanmaymiz. Lekin, lekin yaxshi tekis maydonda "So'g'diyona" qanday o'ynashni biladi.


Qizilqum (Navoiy) – Andijon (Andijon)
25 aprel 2015. Navoiy. “Yoshlar” stadioni. 18:00
Hakamlar:
SH.Qosimov, A.Usmonov, S.SHoyusupov, SH.Qayumov.
Nazoratchi: R.Aytekov.
Imkoniyatlar: 55:45%



Edger Gess ketayotgan joyida qaytdi. Jamoadagi moliyaviy holat o'nglangan, klub bor yo'g'i bitta oylik va bitta mukofot puliga qarz xolos. Aftidan "Andijon" jamoasi ichida murabbiy uchun ishlaydigan futbolchi chiqqan va aksar futbolchilar bundan norozilar. Bu esa ichki muhitni buzilishiga olib kelayotgan ekan. "Qizilqum" esa aksincha o'z maydonida har qanday raqibga jiddiy tayyorlanyapti. Faqat taqvimni noqulay kelishi, ketma - ket o'z maydonlarida ikkita mag'lubiyatga sabab bo'ldi. Jamoa avval "Bunyodkor"ga keyin "Paxtakor"ga imkoniyatni boy berdi.


Mashal (Muborak) – Qo'qon-1912 (Qo'qon)
25 aprel 2015. Muborak. Bahrom Vafoev nomidagi stadion. 17:00
Hakamlar
: V.Ceytlin, M.Saidqosimov, T.Gaynulin, E.Tursunov
Nazoratchi: B.Galeev.
Imkoniyatlar: 55:45%



Avvalgi prevyuda Zafar To'raev va Zohir Qo'ziboev tandemi joriy yil unum bermayotganligi haqida yozgan edik. Buni qarangki, futbolchilar ham o'qishibdi va gol urishdi. Agar qo'qonliklar "Olmaliq"ga qarshi namoyish etgan o'yinlarini ko'rsata olsalar, "Mashal"ga oson bo'lmaydi. Bu ko'proq Baklanovga ham bog'liq.


Navbahor (Namangan) – Dinamo (Samarqand)  
25 aprel 2015. Namangan. “Markaziy” stadioni. 17:30
Hakamlar
: V.Kovalenko, N.Ro'zimov, D.Saylalov, A.SHukurullaev.
Nazoratchi: G'.Karimov.
Imkoniyatlar: 50:50%



O'tgan turda mag'lub bo'lgan jamoalar bu safar g'alabani ko'zlab tushishlari aniq. Namanganda "Navbahor"ga qarshi o'ynash juda qiyin ekanligini barchaga malum. Bundan tashqari "Dinamo" bu mavsumdagi 5ta o'yinda umuman g'alaba qozona olgani yo'q. Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi jamoaning imkoniyati biroz yuqori ko'rinishi mumkin, lekin maydonda teng kurash bo'lishi aniq.


Buxoro (Buxoro) – Olmaliq (Olmaliq)
25 aprel 2015. Buxoro. “Buxoro” stadioni. 18:00
Hakamlar
: X.Ro'ziev, R.Fozilov, M.Madjidov, I.Ibragimov.
Nazoratchi: D.Roman.
Imkoniyatlar: 50:50%



"Buxoro" bu mavsumda hali g'alaba qozona olgani yo'q. O'tgan tur jamoa "Andijon" mehmoni bo'lib mag'lub bo'lgandi. "Olmaliq" esa o'z maydonida "Qo'qon-1912" ustidan irodali g'alabaga erishgandi. Aleksandr Mochinov boshchiligidagi jamoaning bugungi o'yindagi imkoniyatni yuqoriroq baholadik.  


P.S: Sal avval "Buxoro" - "Olmaliq" o'yinida texnik xato ketdi. Buning uchun uzr so'raymiz.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика