Turkiya Superligasi. Istanbul derbisi yoxud 5-tur prevyusi
21 sen 2019 10:21
Yangiliklar


Turkiya Superligasi. Istanbul derbisi yoxud 5-tur prevyusi
So'nggi pog'ona egasiga qarshi Antaliya shahri jamoasi
Musobaqa jadvalining eng quyi qismida joylashgan "Qosimposho" 4 ochko bilan 11-o'rinni band etib turgan "Antalyaspor"ni mehmon qiladi.
Kasimpasa Mustafa Pektemek - 53', Mame Baba Thiam - 60', Mame Baba Thiam - 80' |
Super Lig . 5-tur 21/09/2019, 18:00 0
:
3
Tugadi
|
Antalyaspor |
Stadion: Recep Tayyip Erdogan Stadi
Omadli debyutant va omadsiz jamoa uchrashuvi
Yana bir hali biron marta g'alaba qozonmagan klub "Qaysarispor" o'z maydonida uzoq yillik tanaffusdan so'ng elitaga qaytgan va ajoyib start olishga erishgan "Denizlispor"ni qabul qiladi.
Kayserispor Pedro Henrique - 13' |
Super Lig . 5-tur 21/09/2019, 20:30 1
:
1
Tugadi
|
Denizlispor Radoslaw Murawski - 74' |
Stadion: Kadir Has Sehir Stadyumu
Azaliy raqiblar to'qnashuvi
O'zining shonli tarixiga ega "Fenerbaxche" hozircha 3-o'rinda. Bu turda ular doimiy raqobatchilari "Anqaragyujyu" bilan bahs olib borishadi. Har ikkala jamoa o'rtasidagi ochkolar farqi minimal darajada. Mezbonlar 7 ochko jamg'argan bo'lishsa, anqaraliklar ulardan bor yo'g'i 2 ochko kam to'plagan holda 12-pog'onada.
Fenerbahce Mathias Joergensen - 20', Vedat Muriqi - 73' |
Super Lig . 5-tur 21/09/2019, 23:00 1
:
2
Tugadi
|
Ankaragucu Dever Orgill - 16' |
Stadion: Ulker Stadyumu Fenerbahce Sukru Saracoglu Spor Kompleksi
Jiddiy qarama-qarshilik
O'tkazilgan to'rtta o'yinda ikki g'alaba va shuncha durang qayd etgan, hali mag'lubiyat alamini totib ko'rmagan "Rizespor" o'z uyida 6-o'rindagi "Gaziantep"ni mehmon qiladi. Jamoalar o'rtasidagi kichik tafovut bir ochkoni tashkil qiladi.
Rizespor Braian Samudio - 65' |
Super Lig . 5-tur 22/09/2019, 17:00 2
:
1
Tugadi
|
Gaziantep FK Muhammet Demir - 12', Patrick Twumasi - 16' |
Stadion: Caykur Didi Stadyumu
Quyidagi jamoa musobaqa karvonboshisi uyida mehmon
So'nggi o'rindan bir pog'ona yuqorida turgan "Genchlerbirligi" turnir jadvalida yakka peshqadamlikni o'z qo'liga olgan "Alanyaspor" maydoniga safar qiladi.
Genclerbirligi Bogdan Stancu - 45' |
Super Lig . 5-tur 22/09/2019, 19:30 1
:
1
Tugadi
|
Alanyaspor Ceyhun Gulselam - 66' |
Stadion: Eryaman Stadyumu
Kuchlilar o'rtasidagi jang
Turning markaziy o'yinida musobaqa jadvalida bir-biriga juda yaqin joylashgan klublar to'qnash keladi. Unda, Superliga kubogining amaldagi sohibi "Galatasaroy" mehmonda sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan yaqin taqibchisi "Yeni Malatyaspor" bilan bahs olib boradi.
Yeni Malatyaspor Guilherme - 89' |
Super Lig . 5-tur 22/09/2019, 22:00 1
:
1
Tugadi
|
Galatasaray Jean Michael Seri - 23' |
Stadion: Malatya Stadyumu
Tobora so'nayotgan grandlar uchrashuvi
O'z nomiga yarashmagan o'rinlarni egallab turgan chempionatning doimiy etakchi jamoalari o'rtasidagi bahs ko'pchilikni qiziqishiga sabab bo'la oladi. Istanbul shahrining shu nom bilan ataluvchi klubi "Istanbul Bashakshehir" musobaqaning ko'p karra g'olibi "Beshiktosh" maydonida mehmon bo'ladi. Ular tegishlicha 4 ochkodan jamg'arib, yonma-yon 13-14-pog'onalarni band etishgan.
Besiktas Burak Yilmaz - 84' |
Super Lig . 5-tur 23/09/2019, 23:00 1
:
1
Tugadi
|
Istanbul Basaksehir Enzo Crivelli - 54' |
Stadion: Vodafone Park
Bir-biriga o'xshash klublar bellashuvi
Turga yakun yasab beruvchi o'yinda hozirda kuchli o'ntalikda borayotgan ikki jamoa 3 ochko uchun o'zaro kurash olib borishadi. "Sivasspor" o'z maydonida "Trabzonspor"ni qabul qiladi.
Sivasspor Fernando Santos - 41', Ugur Ciftci - 90' |
Super Lig . 5-tur 23/09/2019, 23:00 1
:
2
Tugadi
|
Trabzonspor Donis Avdijaj - 3' |
Stadion: Yeni 4 Eylul Stadi
Xondamir Hakimov
O’xshash yangiliklar

Fikrlar