So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston terma jamoasi Turkiyaga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston terma jamoasi Turkiyaga mag'lub bo'ldi

Turkiya va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvdagi hisob 17-daqiqada ochildi. Jarima to'pi havodan jarima maydonimiz ichiga oshirildi, barchadan baland sakragan "Lill" himoyachisi Zeki CHelik boshi bilan darvozani ishg'ol qildi - 1:0.

1997 yilda tug'ilgan futbolchi 58-daqiqada yana gol urdi. Burchakdan oshirilgan to'pni Karaman darvozaga yo'lladi, Suyunov to'pni qaytardi, qaytgan to'pni darvoza qarshisida turgan CHelik darvozaga to'g'rilab qo'ydi - 2:0.

89-daqiqada serbiyalik bosh hakam darvozamiz tomon penalti belgiladi. Bu vaziyatda Oston O'runov Abdulqodir Omurni yiqitgandi. 11 metrli jarima to'pini Ifran Kaxvechi amalga oshirdi va Eldor Suyunov zarbani qaytarishga erishdi.

SHu tariqa Turkiyaga qarshi o'tgan birinchi o'yinda O'zbekiston terma jamoasi 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Endi vakillarimiz 7 iyun kuni KXDR va 11 iyun kuni Suriya bilan Toshkentda o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi.


Turkiya - O'zbekiston 2:0
2 iyun 2019 yil. Alanya. "Alanya" stadioni.
Hakamlar
: Srdjan Yovanovich, Urosh Stoykovich, Milan Mixaylovich (uchalasi Serbiya), Xalil Umut Meler (Turkiya)

Gol: Zeki CHelik 17, - 1:0. Zeki CHelik 58, - 2:0.

Amalga oshirilmagan penalti: Ifran Jan Kaxvechi 90 (darvozabon).

Turkiya: 1.Sinan Bolat, 2.Zeki CHelik, 3.Emre Tashdemir, 4.CHog'lar Suyunchi, 7.Dorukxan Tokoz (11.Deniz Turuch, 83), 8.Og'uzxon Ozyakup (20.Ozan To'fan, 65), 9.Enes Unal (10.Abdulqodir Omur, 65), 14.Efejan Karacha (6.Omer Ali SHahiner, 46), 16.Merih Demiral, 19.Yunus Malli (17.Kenan Karaman, 46), 21.Ifran Jan Kaxvechi (5.Emre Belozoglu, 90+1)
Zaxira: 12.Mert Gunok, 23.Gokxan Akkan, 13.Jengiz Umut Merash, 15.Guven Yalchin, 18.Nozi Sangare, 22.Kaan Ayhan.

O'zbekiston: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Farruh Sayfiev, 5.Anzur Ismoilov, 6.Davron Hoshimov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Quvondiq Ro'ziev (22.Doston Ibragimov, 70), 9.Odil Ahmedov, 10.Jaloliddin Masharipov, 14.Eldor SHomurodov (11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 70), 15.Egor Krimec, 18.Fozil Musaev (19.Oston O'runov, 60)
Zaxira: 1.Javohir Ilyosov, 12.Sanjar Quvvatov, 2.Akrom Komilov, 3.Xojiakbar Alijonov, 13.Oleg Zoteev, 17.Igor Sergeev, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 21.Sardor Mirzaev, 23.Xurshid G'iyosov

Ogohlantirishlar: Dorukxan Tokoz 35.


Turkiye

Mehmet Zeki Celik - 17', Mehmet Zeki Celik - 57'

Friendlies . 1-tur

02/06/2019, 23:00

0
:
2
Tugadi

Uzbekistan

45'
90'
17'  Mehmet Zeki Celik
46'  Yunus Malli (Kenan Karaman)
46'  Efecan Karaca (Omer Ali Sahiner)
57'  Mehmet Zeki Celik
65'  Oguzhan Ozyakup (Abdulkadir Omur)
66'  Enes Unal (Ozan Tufan)
83'  Dorukhan Tokoz (Deniz Turuc)
90'  Irfan Kahveci (Emre Belozoglu)
60'  Fozil Musayev (Oston Urunov)
71'  Eldor Shomurodov (Temurkhuja Abdukholiqov)
71'  Kuvondik Ruziev (Doston Ibrokhimov)


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


90+2. Uchrashuv yakunlandi. Turkiya - O'zbekiston 2:0

90+2. Vakillarimiz jarima to'piga ega bo'lishdi, Ahmedov oshirgan to'pni Temurxo'ja Abduxoliqov boshi bilan darvozaga noaniq tarzda yo'lladi

90+1. O'zgarish. O'zbekiston. Ifran Jan Kaxvechi o'rniga Emre Belozoglu tushdi

90. ZARBAAAAAAAAAAAAA! SUYUNOOOOOOOOOOV! QOYIL! Ifran Kaxvechi tomonidan yo'llangan zarbani Suyunov qaytardi! 

89. PENALTI! O'zbekiston darvozasi tomonga. Bu vaziyatda Oston O'runov Abdulqodir Omurni yiqitgandi

83. O'zgarish. Turkiya. Dorukxan Tokoz o'rniga Deniz Turuch tushdi

77. ZARBAAAAA! Oston O'runov jarima maydoni yaqinida to'pni egallab o'ng oyoqda zarba berdi, to'p ustun yonidan o'tib ketdi

76. ZARBAAAAAA! Zaxiradan maydonga tushgan Abdulqodir Omurning kuchli zarbasi xavfli lekin noaniq chiqdi

73. ZARBAAA! Ifran Kaxvechining zarbasini Suyunov qaytardi

70. O'zgarish. O'zbekiston. Quvondiq Ro'ziev o'rniga Doston Ibragimov va Eldor SHomurodov o'rniga Temurxo'ja Abduxoliqov tushdi

68. ZARBA! Dorukxan Tokoz tomonidan yo'llangan kuchli zarbani Suyunov ushlab oldi 

67. Xavfli vaziyat! Ifran Kaxvechi chap qanotdan oldinga o'tdi va zarba berdi, noaniq chiqdi zarba

65. O'zgarishlar. Turkiya. Og'uzxon Ozyakup o'rniga Ozan To'fan va Enes Unal o'rniga Abdulqodir Omur tushdi

62. O'runov SHomurodovni oldinga boshladi. Raqib himoyachilarining xatosi sabab to'p Eldorga kelib tushdi. Biroq uning bergan zarbasi biroz kuchsiz chiqdi

60. O'zgarish. O'zbekiston. Fozil Musaev o'rniga Oston O'runov

58. GOL! 2:0. Yana o'sha Zeki CHelik gol urdi. Burchakdan oshirilgan to'pni Karaman darvozaga yo'lladi, Suyunov to'pni qaytardi, qaytgan to'pni darvoza qarshisida turgan CHelik darvozaga to'g'rilab qo'ydi VIDEONI TELEGRAMDA KO'RISH

57. Xavfli vaziyat! Enes Unal birga bir vaziyatda zarba berdi, to'p Suyunovga tegib maydonni tark etdi, burchak to'pi

54. Burchakdan oshirilgan to'pni SHomurodov darvozaga yo'llashga urindi, o'xshamadi

53. Eldor SHomurodov katta tezlikda raqib jarima maydoniga kirib bordi va burchak to'pi ishladi. 

51. Jarima maydonimizda to'pni qabul qilgan Enes Unal darvozamiz tomon zarba berdi. Zarbaga aniqlik etishmadi

48. Farruh Sayfiev to'pni darvozabondan ham o'tkazib gol urishi mumkin edi, ammo jarima maydoni ichida yiqilib tushdi

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarishlar. Turkiya. Efejan Karacha o'rniga Omer Ali SHahiner va Yunus Malli o'rniga Kenan Karaman tushdi



45+1. Birinchi taym tugadi

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shib berildi.

41. ZARBAAA! Anzur Ismoilov raqib darvozasiga gol kiritishi mumkin edi. Lekin uning zarbasini himoyachilar qaytarishga erishishdi

39. Qiziq fakt. Bugun Turkiya darvozasini qo'riqlayotgan Sinan Bolat 2009 yil ECHL guruh bosqichida "Standart" safida AZ bilan o'yinning 90+5-daqiqasida GOL urgan ekan. 



38. Masharipovning to'p uzatishidan so'ng SHomurodov boshi bilan zarba yo'llab, raqib darvozasini ishg'ol etishga urinib ko'rdi. Biroq bu safargi urinish ham biroz muvaffaqiyatsiz chiqdi

36. Jarima maydoniga havolatib oshirilgan to'pni SHomurodov boshi bilan darvozaga yo'lladi, kuchsiz zarbani Bolat ushlab oldi

35. Ogohlantirish. Turkiya. Dorukxan Tokoz

34. Xavfli vaziyat! Ifran Kaxvechining chap oyoqda yo'llagan zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi.

32. ZARBAAA! Ahmedov uzatgan to'pni Anzur boshi bilan darvozabon ustidan darvozaga tashladi, noaniq chiqdi zarba

28. ZARBAAAAAAAA! ODIL AHMEDOV! CHamasi 25 metrlardan belgilangan jarima to'pini sardorimiz to'g'ri darvozaga yo'lladi, Sinan Bolat to'pni ushlab oldi! 

24. Mezbonlar goldan keyin ham to'xtab qolishgani yo'q. Ketma-ket hujumlar tashkil etilmoqda. Hozir chap qanotdan uyushtirilgan hujumni bir amallab qaytarishga erishdik

17. GOL! 1:0. Jarima to'pi o'yinga kiritildi, baland sakragan Zeki CHelik boshi bilan darvozani ishg'ol qildi. Malumot uchun, Zeki 1997 yilda tug'ilgan va ayni paytda "Lill" klubi azosi hisoblanadi.  VIDEONI TELEGRAMDA KO'RISH



17. Fozil Musaev o'ng tomonda raqibini yiqitdi va mezbonlarda jarima to'pi

14. Ifran Kaxvechi jarima maydonimizga to'p uzatdi, Anzur Ismoilov boshi bilan to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi

11. ZARBAAAAAAAAAA! FOZIL MUSAEEEEEV! Odil Ahmedov o'ng qanotdagi Musaevga to'p uzatdi, Yaponiya klubida o'ynayotgan Fozil darvozaga zarba berdi, birozgina noaniq! 

9. Turklar burchak to'pini o'yinga kiritishdi, hujum xavfli ko'rinish oldi, ammo o'yindan tashqari holat qayd etildi

7. ZARBA! Enes Unal birga bir vaziyatdan zarba berdi Eldor Suyunov to'pni qaytardi



5. Eldor SHomurodov hozir raqib himoyachisidan qochib ketdi, ammo zarba bera olmadi Eldor

3. Hozircha tashabbus maydon egalari tomonida, biroq golga tortadigan vaziyat sodir etilgani yo'q.

1. O'YIN BOSHLANDI! OLG'A O'ZBEKISTON!

- Uchrashuvni oq formadagi O'zbekiston terma jamoasi boshlab beradi.

- Navbat Turkiya davlat madhiyasiga

- Dastlab O'zbekiston davlat madhiyasi! Birgalikda! 

- Diqqat qiling, ikkala jamoa azolari maydonga tushib kelishdi. 

- "Alanya" stadioni hozircha liq to'lgani yo'q. Malumot uchun stadion o'z bag'riga 10 mingdan biroz ko'proq muxlisni sig'dira oladi. O'zbekiston terma jamoasini ham 100ga yaqin muxislar qo'llab quvvatlashadi.

O'yindan avval Turkiya terma jamoasi bosh murabbiyi SHenol Gunesh jamoa sardori va turk futbolining boshqa bir afsonasi Emre Belozog'lu bilan birga O'zbekiston MTJ ustozi Ektor Kuperga milliy terma jamoa libosini sovg'a qilishdi. 


Foto. Buni ko'rish kerak. Turkiya - O'zbekiston o'yini bo'ladigan stadion atrofidagi muhit qanday?

Foto. Turkiya - O'zbekiston. Tog' etagidagi "Alanya" stadionida tayyorgarlik avjida 

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi. 



YANGILASH

Reyting: +33   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика