So’nggi yangiliklar

08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  0 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  2 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  6 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  3 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0

Turkiya O'zbekiston bilan o'yin oldidan Greciyani mag'lub etdi Yangiliklar

Turkiya O'zbekiston bilan o'yin oldidan Greciyani mag'lub etdi

Turkiya terma jamoasi 2 iyun sanasida O'zbekiston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishidan xabaringiz bor.

Bugun esa turklar Greciya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. Biroz avval yakuniga etgan bahsda bo'lajak raqiblarimiz greklarni 2:1 hisobida taslim qilishdi. Antalyadagi "Antalya stedium"da o'tgan bahsda mezbonlardan gollarga "Roma" vakili Jengiz Under va Kenan Karaman mualliflik qilgan bo'lsa, Dimitros Kurmpelis 90+3 daqiqada javob to'pini kiritdi. Endi SHenol Gunesh jamoasini Kuper boshchiligidagi terma jamoamizga qarshi bellashuvga tayyorlaydi.


O'rtoqlik uchrashuvi

30.05.2019

"Antalya stedium"

Turkiya - Greciya 2:1

Gollar: J.Under 11, K.Karaman 17- D.Kurmpelis 90+3

Turkiya: Ugurjan CHaqir - CHaglar Soyundju, Kaan Ayxan, Nozim Sangare, Umut Merash - Kenan Karaman (Abdulqodir Omur, 46), Ozan Tufan (Og'uzxon O'zyakup, 46), Jengiz Under (Emre Belezog'lu, 80), Yusuf Yazichi (Irfan Qahveji, 46), Okay Yokushlu (Mahmut Tekdemir, 61) - Jenk Tosun (Guven Yalchin, 56).

Greciya: Aleksandros Pasxalakis - Valeryanos, Kutris, Kurbelis - Fortunis, Pelkas, Masuras, Mavrias, Siopis - Kuluris, Samaris.


Bugun Turkiya terma jamoasi himoyachisi Nozim Sangare 25 yoshga to'ldi. Terma jamoa delegaciyasi esa Nozim uchun maxsus tort tayyorlatishdi.


Sangare tortni terma jamoa bosh murabbiyi SHenol Gunesh bilan birga kesdi.


Ramziy manoda tortning birinchi bo'lagini Turkiya terma jamoasi afsonasi va sardori Emre Belozog'lu Nozimga edirib qo'ydi.


Ushbu kichik tadbir tushgacha tashkillashtirilgan edi. Kechqurun esa Gunesh Sangareni asosiy takribda maydonga tushirdi va u 90 daqiqa maydonda to'p tepdi.


Darvoqe, bugun aynan Nozim Sangare, shuningdek darvozabon Ugurjon CHaqir va Umut Merash Turkiya terma jamoasidagi debyutlarini o'tkazishdi. Bundan tashqari, 2-bo'limda maydonga tushganlardan Abdulqodir Omur va Guven Yalchin ham birinchi bor terma jamoa libosida maydonga tushishdi.



Endi Turkiya terma jamoasi O'zbekistonga qarshi 2 iyundagi bahsga tayyorgarlikni boshlaydi.

Eslatib o'tamiz, Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ertaga kechga yaqin Turkiyaning Alanya shahriga etib keladi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика