Turkiya. “Metallurg” Daniya jamoasi yoshlarini mag'lub etdi
16 fev 2022 07:40
Yangiliklar
Turkiya. “Metallurg” Daniya jamoasi yoshlarini mag'lub etdi
Mazkur uchrashuvda bosh murabbiy Luisma Ernandes avvalgi ko'rikda kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'lgan futbolchilarga imkoniyat berdi.
Bahs bekobodlik futbolchilarning to'liq ustunligi ostida o'tdi. Bu esa yakuniy hisobda ham o'z aksini topdi. Etiborga molik jihati, Daniya yoshlari darvozasiga gollarning ikkitasini “Metallurg”ning 19 yoshli yarim himoyachisi SHahzodjon Nematjonov urdi. Yana bitta gol klubga yangi qabul qilingan iqtidorli hujumchi Jasur Ashurov hisobiga yozildi.
Ertaga “Metallurg” Turkiya safaridagi so'nggi ko'rik uchrashuvini o'tkazadi. Bu galgi raqib Gruziya chempionati o'tgan mavsumining bronza medali sovrindori “Dila” (Gori) jamoasi bo'ladi.
Nazorat uchrashuvi
15.02.2022 yil
“Vayle U-19” (Daniya) - “Metallurg” (O'zbekiston) – 1:3
Gol: SHahzodjon Nematjonov (22, 82), Jasur Ashurov (57).
“Metallurg”: Akmal Ortiqov, Xudoyshukur Sattorov, Hakimxon Alamxonov, Odilbek Abdumajidov, Ergash Ismoilov, Ixtiyor Toshpo'latov, Muhammad Isaev, Jasur Ashurov, SHahzodjon Nematjonov, SHohnazar Norbekov, Zohid Abdullaev.
Zahira: Aleksandr Lobanov, Abbos Otaxonov, Abrorbek Toshqo'ziev, Farrux Ibrohimov, Farxod Bekmurodov, Damir Temirov, Muhammadali Aliqulov, Ibrohim Ibragimov, Salamat Quttiboev, Zabixillo O'rinboev, SHahzodbek G'ofurbekov, Fozil Musaev.
Fikrlar