So’nggi yangiliklar

16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  0 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  4 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  10 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  6 13:05"Бавария" "Арсенал" аъзосини Санега ўринбосар сифатида кўрмоқда  0 12:37МЮ ва "Астон Вилла" "Челси" футболчисига даъвогар. Лондонликлар мўмайгина пул ишлаб олмоқчи  3 12:09Дарвозабон излаётган МЮда 2 та вариант бор  2 11:41"Динамо" Беларусга йўл олди  4 11:20"Бунёдкор" Иномов ортга қайтганини эълон қилди  0 10:55“Барселона“ яна бир ТОП футболчи учун курашда енгилди  8 10:28Сенсация қайд этган Энцо Мареска финалдан сўнг нималар деди?  26 09:55Расман. Бразилия терма жамоаси аъзоси Россия клубига ўтди  1

Turkiy Kengash azo mamlakatlari o'rtasida xalqaro musobaqalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi Yangiliklar

Turkiy Kengash azo mamlakatlari o'rtasida xalqaro musobaqalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi

Bugun O'zbekiston futbol associaciyasida birinchi vice-prezident Ravshan Ermatov hamda Turkiy Kengash bosh kotibi Bagdad Amreev boshchiligidagi delegaciya o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Turkiy Kengash azo mamlakatlarida sportni, hususan futbolni rivojlantirish va ommalashtirish, terma jamoalar hamda klublar o'rtasida xalqaro musobaqalarni tashkil etish, futbol hakamlarini qayta tayyorlash va o'zaro tajriba almashish, futbol associaciyalari va federaciyalari o'rtasida har tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish masalalari keng muhokama qilindi.

Suhbat davomida O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov Turkiy Kengash azo mamlakatlari o'rtasida sport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash ustuvor yo'nalishlardan biri ekanligini takidlab, sport barcha xalqlarni birlashtirib, madaniyatlar uyg'unligiga xizmat qiladigan, o'zaro hurmat tuyg'usini uyg'otadigan va ijtimoiy aloqalarni mustahkamlaydigan muhim omil ekanligini etirof etdi.

Turkiy Kengash bosh kotibi Bagdad Amreev tashkilotga azo mamlakatlarning Milliy hamda turli yosh toifalardagi futbol terma jamoalari o'rtasida xalqaro musobaqalarni o'tkazish imkoniyati mavjud ekanligini bildirib, bunday bellashuvlar turkiy xalqlar o'rtasida nafaqat futbolni, balki o'zaro qardoshlik aloqalarini rivojlantirishga katta hissa qo'shishi mumkin ekanligini aytib o'tdi.

SHuningdek, Bagdad Amreev Turkiya Superkubogini O'zbekistonda o'tkazish bo'yicha Turkiy Kengash muzokaralar olib borib, tashkilot homiyligida mazkur bahsni yurtimizda bo'lib o'tishini taminlash yuzasidan o'z takliflarini berdi.

O'z navbatida, Ravshan Ermatov Turkiy Kengash bosh kotibiga tashrif va samimiy suhbat uchun minnatdorchilik izhor etdi hamda O'zbekiston futbol assosiasiyasi yuqorida tilga olingan takliflar yuzasidan o'zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirdi.




Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика