"Turkish Holidays". Jamoalarimiz ikkinchi o'rinni band etishdi
05 noy 2014 19:12
Yangiliklar

"Turkish Holidays". Jamoalarimiz ikkinchi o'rinni band etishdi
Kecha xabar berganimizdek, Turkiyada "Turkish Holidays" musobaqasi bo'lib o'tmoqda.
Bugun musobaqaning final uchrashuvlari bo'lib o'tdi. 2004 yilda tug'ilgan futbolchilar musobaqasida ishtirok etgan "Paxtakor" jamoasi hal qiluvchi bahsda Rossiyaning "Vityaz" klubiga mag'lub bo'lib kumush medallariga ega bo'ldi.
2003 yilda tavallud topgan futbolchilar musobaqasida qatnashgan "Lokomotiv" yoshlari finalda Turkiyaning "Beshiktosh" klubiga qarshi maydonga tushishdi. Asosiy vaqt 0:0 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida omad mezbonlarga kulib boqdi - 3:1. SHu tariqa, "temiryo'lchilar" ham kumush medallariga sazovor bo'lishdi.

Fikrlar