So’nggi yangiliklar

08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  1 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  1 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  6 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  7 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0

Turinda mo'jizaga ishonayotgan "Monako" Yangiliklar

Turinda mo'jizaga ishonayotgan "Monako"

Bugun Evropa chempionlar ligasining yarim finali juftligi "Yuventus" - "Monako" uchrashuvining javob o'yini bo'lib o'tadi.


Monakodagi dastlabki o'yindan keyin Leonardu Jardim shogirdlarining imkoniyatlari ancha pasayib ketdi.
"Monako" o'z uyidagi bahsda xattoki gol ura olmadi. "Yuventus" javob uchrashuvi oldidan o'zi uchun juda kerakli va qulay hisobda g'alabani tantana qildi. Turindagi o'yinda "Monako" yo'qotadigan narsasi qolmagani uchun ham bor etiborini hujumga qaratgan holda, o'z omadini "Yuventus" darvozasi oldidan ahtaradi. "Yuventus" garchi mehmonda g'alaba qozongan bo'lsada, o'z muxlislari qarshisida birinchi bahsdagidan ham ko'ra hujumkorrok ruhda o'ynashi aniq. SHu boisdan ham bugungi bellashuv tomoshabop kechadi. Jardim jamoasi ortiqcha bosimsiz o'ynaydi. "Monako" "Yuventus"ni himoyasini yorib o'tish uchun o'zining zaxira kuchi, yani hujumdagi bor imkoniyatlarini, "qurol"larini ishga solishga urinib ko'radi. Allegri esa "Yuventus-stedium"da ikkinchi raqam bilan o'ynashga haqqi yo'qligini yaxshi tushunib turibdi. Buni Allegri Monakodagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanidayoq alohida takidlab o'tgandi. O'shanda italiyalik mutaxassis, o'yindan ko'ngli to'lgani va javob bahsida yanada hujumkor uslubda o'ynashlarini alohida qayd etgandi. SHu boisdan ham bugungi bellashuvda tezkor gol bo'lishi ehtimoli mavjud. Agarda bu ishni "Monako" uddalaydigan bo'lsa, unda to'qnashuvdagi intriga ortadi va bu uchrashuvni yanada keskin ruhda o'tishini belgilaydi. Lekin "Yuventus" himoyasini yorib o'tish bu shunchaki hazilakam ish emasligini inobatga olgan holda shuni aytish mumkinki, "Monako"ga bu borada oson bo'lmasligi aniq. Jardim shogirdlari bu ishni o'z maydonlaridagi bahsda uddalay olishmagandi. SHu sababdan ham Turinda gol urishlariga, g'alaba qozonishlariga ishonish esa birmuncha qiyin masala.
"Yuventus"ning hujum chizig'i bu o'yinda o'zining bor potencialinin namoyish etishga harakat qilishi aniq. O'tgan gal Turinda "Barselona" darvozasi uch marotaba ishg'ol etilgandi. Bu narsa uchrashuv oldidan "Monako"ni sarosimaga solib qo'yishi mumkin.
Jardim jamoasi yarim finalga qadar juda qiyin va munosib yo'lni bosib o'tdi. Ammo Monakodagi birinchi uchrashuv shuni ko'rsatdiki, avvalo "Monako"ga hali katta jamoalar oldida, katta sahna oldida etarli tajribaga ega emasligi pand berdi. SHuningdek, bu to'qnashuvda "Yuventus" hozirgi kunda boshqa jamoalardan ko'ra, xususan "Monako"dan bir bosh baland ekanligi ko'rinib qoldi.
"Monako"da shijoat, ishtiyoq juda kuchli. Lekin katta tajribaga ega va ishtahasi kuchli "Yuventus"ning imkoniyatlari yuqori.

Turinda mo'jiza ruy bermasa, "Yuventus" final chiptasini rasman hal etadi.


Evropa chempionlar ligasi, yarim final.

Javob o'yini.

"Yuventus" - "Monako" (23:45)

"Juventus-stadium" stadioni.

Bosh hakam
: Born Kuypers (Gollandiya)

"Yuventus": Buffon; Bardzali, Bonuchchi, Kellini, Aleks Sandro; Pyanich, Xedira; Dani Alves, Dibala, Mandjukich; Iguain.
O'ynamaydi: Pyaca (tizza), Rugani (jarohat)

"Monako"
: Subashich; Mendi, Jemerson, Glik, Sidibe; Bernardu Silva, Fabino, Bakayoko, Lemar; Mbappe, Falkao.
So'roq ostida: Mendi (jarohat), Karrilo (jarohat)
O'ynamaydi: Boskilya (tizza)

Birinchi o'yin: 2:0

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика