Ture Sane, Sterling va Jezus bo'shashmasligini oldini olmoqchi
12 fev 2017 19:43
Yangiliklar
Ture Sane, Sterling va Jezus bo'shashmasligini oldini olmoqchi
"Manchester Sit" yarim himoyachisi Yaya Turening so'zlariga ko'ra, jamoa yosh futbolchilari Leroy Sane, Raxim Sterling va Gabriel Jezus ter to'kib mehnat qilishda davom etishi kerak.
"Jamoaning yangi yosh futbolchilarida istiqbol bor. Sane fantastik o'yin namoyish etdi, Sterling doimo o'z darajasida, endi esa Jezus nimalarga qodirligini ko'ramiz. Ammo yosh bo'lsang futbol oson deb o'ylashni boshlaysan. Ularning hammasi ter to'kib mehnat qilishda davom etishlari kerak, chunki pasayish juda tez sodir bo'ladi. Mana shu sabab tufayli jamoada men, Kompani, Silva yoki Sabaleta kabi tajribali futbolchilar bor. Biz yoshlar o'sishi uchun ularga yordam beramiz.
"Manchester Siti" bilan shartnomam yarim yildan so'ng yakunlanadi? Yana besh yil to'p tepishim mumkin. Ishonmaysizmi? Unda garov bog'lash mumkin" - deydi Ture.
Fikrlar