So’nggi yangiliklar

23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  0 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  46 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  13 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4

Tur ramziy terma jamoasiga kirgan Samandar SHukurullaev: "Nasaf" bilan ochiq futbol o'ynasak qiynalardik" Yangiliklar

Tur ramziy terma jamoasiga kirgan Samandar SHukurullaev: "Nasaf" bilan ochiq futbol o'ynasak qiynalardik"

Kutilganidek "Mashal" va "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi voha derbisi murosasiz kechdi.

Odatda, bu ikki jamoa o'rtasidagi bellashuvlar keskinligi va yuqori tempda o'tishi bilan muxlislarga manzur keladi. Lekin, kecha bo'lib o'tgan bahsda darvozalarga gol kiritilmadi. Hujumkor uslubdagi "ajdarlar" muborakliklarning himoyasini yorib o'tishga qiynalishdi. Himoyada o'zini ko'rsata olgan va saytimiz tomonidan tur ramziy terma jamoasiga kiritilgan mezbonlar futbolchisi Samandar SHukurullaev fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Karantindan so'ng barchamiz futbolni sog'ingan edik. Ayniqsa, voha derbisini anchadan beri orziqib kutgandik. Biz kutgandan ham og'ir o'yin bo'ldi. Biz futbolchilar murabbiyimizning ko'rsatmalarini to'g'ri bajardik deb o'ylayman. Uch oylik tanaffus istaymizmi, yo'qmi o'yin ritmidan chiqishga olib keladi. Bunda barcha birdek qiynalishi tabiiy. 

"Nasaf" bilan bahsga himoyaviy taktikada maydonga tushdik. Ularga qarshi ochiq futbol o'ynab bundan ham ko'proq qiynalishimiz yoki ochkosiz qolishimiz mumkin edi. SHuning uchun ikkinchi raqam ostida harakat qildik. Qarshi hujumlardan unumli foydalanishga urindik. Ammo, ko'proq raqibning individual jihatdan kuchli futbolchilarini zararsizlantirishga etibor berdik",- deydi Samandar SHukurullaev.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика