Tunis etakchisi jarohat oldi, u mundialni o'tkazib yuboradi
10 apr 2018 11:39
Yangiliklar
Tunis etakchisi jarohat oldi, u mundialni o'tkazib yuboradi
Qatar chempionatida faoliyat olib borayotgan Yussef Msaknining jarohati ancha jiddiy bo'lib chiqdi.
U mavsumning oxirgi o'yinida maydonga tushgan mahal tizzasidan jarohat oldi. Xabaringiz bor, ushbu futbolchi Qatarning "Al Duhayl" klubida faoliyat olib bormoqda. U jarohati sabab oktyabr oyigacha futbol o'ynaydi olmaydi, bu esa jahon chempionatiga ham bora olmay deganidir.
Yussef Msakni Tunisning eng asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi va bejizga 7-raqamda o'ynamaydi. U instagram sahifasiga "Men juda xafaman" deb yozdi. Tunisliklar JCHda Belgiya, Angliya va Panagaga qarshi bahs olib borishadi. Msakni JCH saralash o'yinlarida uchta gol urib jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar