Tunda "Siti"ga uchta gol urib sharmanda qilgan hujumchi: "Amorimni sog'inamiz"
06 noy 2024 12:40
Yangiliklar


Tunda "Siti"ga uchta gol urib sharmanda qilgan hujumchi: "Amorimni sog'inamiz"
Uchrashuvda Portugaliya klubi safida Viktor Gyokeresh xet-trik qayd etdi. Bahsdan keyin shveciyalik hujumchi MYUga ketayotgan Ruben Amorim haqida gapirdi.
"Albatta, biz Amorimni sog'inamiz. U bilan birga ko'plab g'alabalarga erishdik. Ruben bilan birga ketayotgan boshqa murabbiylar ham bizga etishmaydi. Ammo oldinga yurishda davom etishimiz kerak", - dedi Gyokeresh.
Malumot uchun, Viktor Gyokeresh bu mavsum "Sporting" safida barcha musobaqalarda 17 ta o'yinda maydonga tushib raqiblar davrozasiga 23 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Sporting CP Viktor Gyoekeres - 38', Maximiliano Araujo - 46', Viktor Gyoekeres - 49', Viktor Gyoekeres - 80' |
Champions League . 4-tur 06/11/2024, 01:00 1
:
4
Tugadi
|
Manchester City Phil Foden - 4' |
Stadion: Estadio Jose Alvalade, 47453 tomoshabin
Bosh hakam: Daniel Siebert
O’xshash yangiliklar

Fikrlar