So’nggi yangiliklar

19:28АПЛ. "Астон Вилла" ўз майдонида "Ноттингем Форест"ни мағлуб этиб, 2-ўринга чиқиб олди  1 19:02Саматов энди "Андижон"да спорт директор бўлиб ишлайди  1 18:38"Андижон" дарвозабони билан шартномани узайтирди  2 18:19"Манчестер Юнайтед" Мареска номзодини кўрмаяпти  0 18:00Хаби Алонсо: "Винисиусда табассум кўряпман"  0 17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   8 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  2 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  2 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  8 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  7 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3

Tug'ilgan kuningiz bilan Dilyaver Vaniev! Yangiliklar

Tug'ilgan kuningiz bilan Dilyaver Vaniev!

Bugungi tabriknomani doimgidek yozmaslikka qaror qildim.
Men bilgan Dilyaver Vaniev hamon o'z sohasining professionali hisoblanadi. Bugun 39 yoshni qarshi olgan Dilyaver Vaniev o'zbek futbolida o'ziga xos o'ringa ega. Ayni vaqtda ham faoliyatini davom ettirib kelyotgan himoyachimiz 1975 yilning 4 sentyabr kuni tavvallud topgan. Futboldagi faoliyatini Xaqqulobodning "Sohibkor" jamoasida boshlagan bugungi qahramonimiz 1991 yildan boshlab proffesional futbolga kirib keldi. Ortda qolgan 23 yillikda o'zbek futbolida o'z kitobini yaratib bormoqda.
 


SHu erda qo'shimcha qilib o'tish joizki Dilyaver Vaniev professional faoliyatini boshlagan vaqtda "Mashal"ning ayni damdagi futbolchilari SHerzod Fayziev, SHahzod SHaymonov, Iskandar SHayqulov, Xolmurod Xolmurodov, Jahongir Abdumo'minov, Ixtiyor Toshpo'latov, Eldor SHomurodovlar tug'ilmagan bo'lsa, Sanjar Quvvatov , G'iyos Komilov, Siroj Hamroev, Zafar To'raev kabi futbolchilarimiz atiga bir yoshli chaqaloq bo'lgan ekan.

"Mashal"ning bugungi tirik afsonasi o'z faoliyatini Navoiyning "Zarafshon", Namanganning "Navbahor", Andijonning "Andijon" jamoalarida olib borish bilan birga eng uzoq muddatli faoliyati aynan Muborakning "Mashal" klubida o'tmoqda. 2004 yildan boshlab ortda qolgan o'n yillikda nafaqat "Mashal" uchun balki o'zbek futboli uchun katta xizmat qilgan futbolchimiz yoshlar uchun haqiqiy professional shaxs sifatida ko'rsatish mumkin.



Bir kam qirq yoshni qarshi olayotgan Vaniev inson sifatida ham hurmatga loyiq insondir. Men bilgan Vaniev futbolimizga borini bergan va o'z o'rnini yozib ketayotgan kam sonli futbolchilardan biri.
 
O'zbek futboliga befarq bo'lganman barcha muxlislar Dilyaver aka haqida kamida eshitgan yoki o'yinlarini tomosha qilganiga shubha qilmayman.
 
Yana bir bor tug'ilgan kuningiz bilan Dilvaver aka ! Sizga klubimiz azolarining barcha azolari va muxlislarimiz nomida eng ezgu tilaklarimizni bildiramiz.

Humoyun Davurov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика