Troy Dini: "Kavani kamsitishni istamagani aniq. Biroq bu holat unga dars bo'lishi kerak"
30 noy 2020 15:43
Yangiliklar


Troy Dini: "Kavani kamsitishni istamagani aniq. Biroq bu holat unga dars bo'lishi kerak"
"Uotford" forvardi Troy Dini "Manchester Yunayted"dagi hamkasbi Edinson Kavanining instagramda yozgan gaplari haqida gapirdi.
"Kavani rostdan ham kimnidir kamsitishni istamagan. Ammo 3 o'yinga chetlatirish unga katta saboq bo'ladi.
Edinson jamoasiga muhim g'alabani taqdim qilganidan xursandman. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda nimadir yozishdan oldin 10dan 9 postni o'ylab yozish kerak.
Kavani urilgan gollardan sarmast bo'lib qolgani aniq. SHu sababdan u nima yozganini bilmay qolgan.
O'z navbatida FA ham birdaniga xulosa qilmasligini istab qolardim. APLda barcha qitadan futbolchilar bor. Ularning urf-odati, madaniyati boshqacha. Buni ham bir o'ylab ko'rishlarini istab qolardim", - dedi Dini.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar