So’nggi yangiliklar

14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  1 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  11 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  28 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1

Tribunalarda O'zbekiston bayroqlari, qadimiy stadion va futbolchilarimizning qo'shgan hissasi - "Ordabasi" qanday qilib Qozog'iston chempioniga aylandi? Yangiliklar

Tribunalarda O'zbekiston bayroqlari, qadimiy stadion va futbolchilarimizning qo'shgan hissasi - "Ordabasi" qanday qilib Qozog'iston chempioniga aylandi?

SHimkent sayohatidan his-tuyg'ular va taassurotlar bilan o'rtoqlashamiz.

“Ordabasi” – chempion! Kecha SHimkent klubi o'z tarixida ilk bor Qozog'iston chempioniga aylandi. Bu voqea biz uchun ikki karra quvonarli, chunki ko'plab o'zbekistonliklar SHimkentga nisbatan iliq munosabatda, qolaversa, ikki nafar futbolchimiz – Bobir Abdixoliqov va SHahboz Umarov “Ordabasi” safida to'p tepadi.

Stadionga ketayotib, bo'lajak o'yinning afishasi tushirilgan kamida uchta bannerga ko'zim tushdi. SHimkent shahri futbol bilan yashaydi va bu borada O'zbekistonning professional futbol klublari mavjud bo'lgan ko'plab shaharlaridan oldinda. Ehtimol, bu holat bellashuvning chempionat doirasida o'tkazilishi hamda odatiy o'yinlarning kamroq shov-shuv bo'lishi bilan bog'liqdir. Umuman olganda, “Ordabasi” ishtirokidagi o'yin oldidan stadionda chinakam koncert dasturi bo'lib o'tdi: odamlar o'yin boshlanishidan ancha vaqt ilgari mahalliy reperlar va DJlarning musiqalarini tinglash, shuningdek, turli tanlov va lotereyalarda qatnashish uchun tashrif buyurishgandi. Ushbu jarayon ham "layk" bosishga arziydi.

Stadion menda yaxshi taassurot qoldirmadi. O'zbekistonda ko'pchilik “Paxtakor” o'yingohini buzib, klub uchun yangi arena qurish vaqti kelganini aytadi. “Ordabasi” stadioni esa bundan-da abgorroq ahvolda ekan. U erda darz ketgan va rangi uchgan o'rindiqlar uchraydi, shuningdek, boshqa kamchiliklar mavjud. Masalan, stadionda matbuot anjumanlarini o'tkazish uchun keng hajmdagi zal mavjud emas, uning o'rniga atigi 4x5 metr o'lchamdagi kichik xona bor, u erda jurnalistlar uchun bir nechta stul mavjud. Matbuot xodimlari lojasiga kelsak, faqat bitta enlik stoldan bo'lak hech vaqo yo'q. Noutbukni ulash uchun rozetkalar, hatto boshingiz yuqorisida yog'ingarchilikdan himoya qiladigan tom ham yo'q. Agar yomg'ir yog'sa, soyabon ostida o'tirishga majbur bo'lardik va ishlashning imkoni bo'lmasdi.

Lekin bularning barchasi arzimas narsadir, chunki bizni kutib turgan asosiy voqea — futbol edi! “Ordabasi” hamda Qarag'andaning “SHaxtyor” klublari to'qnashuvida stadion to'lib-toshdi. Uchrashuv boshlanishidan avval sevimli jamoasini turli xatti-harakatlar ostida qo'llab-quvvatlashni boshlagan chimkentliklarning "Texas" muxlislari guruhiga alohida minnatdorchilik izhor etaman. O'yin davomida ular hayqirishdi, to'lqin hosil qilishdi hamda hakamning so'nggi hushtagi chalinish arafasida bir nechta olovli va tutunli pirotexnika vositalari orqali chempiolikni nishonlashga tayyorgarlik ko'rishdi.

Asosiy tarkibning chap qanot hujum chizig'ida SHahboz Umarov ko'rinish berdi, Bobir Abdixoliqov esa zaxirada qoldirildi. “Ordabasi” uchrashuvni shiddat bilan boshladi, bu esa ikkita gol urish uchun etarli bo'ldi: avvaliga burchak zarbasidan so'ng 5-daqiqada Aybar Jaksilikov raqib darvozasini ishg'ol qildi, oradan 7 daqiqa o'tgach, SHahboz Umarov tezkor qarshi hujumni rivojlantirib, hisobni 2:0 ko'rinishiga keltirdi. Afsuski, birinchi bo'lim o'rtalarida Umarov harakatlari “orqaga” ketdi va u maydonni tark etdi. Aksincha, zaxiradan o'yinga qo'shilgan Abdixoliqov uchinchi golda ishtirok etdi - u chap qanot bo'ylab oldinga bordi hamda jarima maydonchasiga kirib borib, uzoq burchakka zarba yo'lladi. “SHaxtyor” darvozaboni Igor SHackiy Bobirning zarbasini qaytardi, biroq to'p “Ordabasi” hujumchisi Artyom Besedinga kelib tushdi.

Mezbonlar ko'proq gol urishi mumkin edi, lekin ular menda biroz sekinlashgandek taassurot qoldirdi. Tanaffusdan so'ng esa Timur CHogadze bitta gol bilan javob qaytardi va jamoalar ikkinchi bo'limni tengma-teng o'tkazdi. “Ordabasi” ham, “SHaxtyor” ham yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldi. SHuni takidlash joizki, Abdixoliqov butun o'yinni chap qanot vingeri sifatida o'tkazdi, ushbu poziciyada unga o'zining eng yaxshi jihatlarini namoyon etish murakkab edi. Umuman, Bobir joriy mavsum poziciyani ko'p marotaba o'zgartirdi: u qanotda, yakka markaziy hujumchi sifatida o'ynadi, shuningdek, boshqa hujumchilar bilan juftlik hosil qildi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, "Ordabasi" bosh murabbiyi Aleksandr Sednev yil davomida beshta sxemadan foydalangan: 3-5-2, 4-2-3-1, 3-4-3, 4-3-3 va 4-4-2.

“Ordabasi” tarkibida o'zbekistonlik futbolchilardan tashqari jamoa sardori Asxat Tagibergen, tayanch yarim himoyachisi Evgeniy Makarenko va o'ng qanot himoyachisi Sultanbek Astanovni ham alohida takidlab o'tmoqchiman. Tagibergen juda faol edi va keng ko'lamli ishni amalga oshirdi. Makarenko maydon markazida ishonchli harakat qildi va yaxshi uzatmalar amalga oshirdi, Astanov esa himoyadagi masuliyatni unutmagan holda hujumga qo'shilishda yomon harakat qilmadi.


Final hushtagi chalingunga qadar tribunadagilar “Orda – chempion!” deya hayqira boshladi. 15 daqiqadan so'ng taqdirlash marosimi boshlandi, keyinchalik jarayon muxlislar bilan birga chinakam shodiyonaga aylandi. “Ordabasi” futbolchilari shohsupaga chiqishdi, so'ngra "Texas" muxlislar guruhi qarshisiga borib, ular bilan suratga tushishdi va birgalikda hayqirishdi. Maydonga faqat jurnalistlar va akkreditaciyadan o'tgan boshqa shaxslar, shuningdek, "Ordabasi" futbolchilarining qarindoshlari va do'stlari tushishiga ruxsat etilganiga qaramay, tribunadan pastda futbolchilar bilan birga bir nechta muxlisni ham ko'rdim. Ehtimol, ular qaysidir futbolchining ukalari, o'g'illari va jiyanlari bo'lishi mumkin.


O'yin davomida va o'yindan keyin tribunada kamida ikkita O'zbekiston bayrog'iga ko'zim tushdi. Ulardan birini o'zbekistonlik muxlis SHahboz Umarov kiyinish xonasiga borganida sovg'a qildi. Mening fikrimcha, SHimkentda Umarovni Bobir Abdixoliqovga qaraganda ko'proq yaxshi ko'rishadi. Taqdirlash marosimida boshlovchi futbolchining ismini tilga oldi, muxlislar esa uning familiyasini baralla ijro etdi. Tribunadagilar Umarov nomini biroz balandroq ovozda aytishdi. Balki, bu holat Abdixoliqovning “Ordabasi” safida ilk mavsum to'p tepayotgani, mahalliy jamoatchilik esa SHahbozni yaxshiroq taniganligi va unga bo'lgan mehr-muhabbatining biroz yuqoriroq bo'lgani bilan bog'liqdir. SHu bilan birga, Bobirning joriy mavsumdagi harakatlari (Qozog'iston chempionatida “gol+pas” tizimida 7+4) Umarovga (3+1) nisbatan samaraliroq hisoblanadi.

“Ordabasi”ning O'zbekiston bilan yana bir aloqadorligi bor. Ayni damda klub rahbarlaridan biri "Paxtakor" va boshqa O'zbekiston jamoalarining sobiq futbolchisi Ulug'bek Asanbaev hisoblanadi.


Abdixoliqov va Umarovning “Ordabasi” bilan shartnomasi mavsum oxirida yakuniga etadi. Uchrashuvdan so'ng har ikkala futbolchi ham klubda qolish-qolmaslik borasida bir to'xtamga kelmaganligini aytishdi. Ammo shimkentliklar sardori Asxat Tagibergen ular bilan bir jamoada o'ynashda davom etishni istayotganini malum qildi.


Nikolay Egorichev



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика