Trentning o'rniga Angliya TJga chaqirilgan futbolchiga MYU, “Liverpul” va “Arsenal” qiziqmoqda
08 iyu 2021 20:40
Yangiliklar
Trentning o'rniga Angliya TJga chaqirilgan futbolchiga MYU, “Liverpul” va “Arsenal” qiziqmoqda
“Brayton” himoyachisi Ben Uayt jarohat olgan Trent-Aleksandr Arnold o'rniga Angliya TJdan chaqiruv olgandi.
Daily Mail manbasiga ko'ra, 23 yoshli o'yinchiga MYU, “Liverpul”, “Arsenal” qiziqish bildirmoqda. “Brayton” esa futbolchini qo'yib yubormoqchi emas va uning transfer narxini 50 mln evro qilib belgiladi. Jamoa uni keyingi mavsumda ham saqlab qolmoqchi, ammo yuridagi summa taklif etilsa, Uayt sotib yuborilishi mumkin.
Ben Uaytning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 3 yildagi so'ng tugaydi. Ingliz 2020/21 yilgi mavsum APLda 36 uchrashuvda qatnashib, 3 ta sariq va bitta qizil kartochka oldi.
Fikrlar