Traore Ispaniya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi, unda COVID-19 aniqlandi
01 sen 2020 10:31
Yangiliklar
Traore Ispaniya terma jamoasi ixtiyorini tark etdi, unda COVID-19 aniqlandi
"Vulverxempton" yarim himoyachisi Adama Traore Ispaniya terma jamoasida tez orada debyut qilmaydi.
Millatlar Ligasi uchun tayyorgarlik ko'rayotgan Ispaniya terma jamoasi safiga kelib qo'shilgan Adama Traoreda koronavirus aniqlandi va u terma jamoa ixtiyorini tark etdi.
24 yoshli futbolchi "qizil furiya" safida Germaniya (3 sentyabr) va Ukraina (6 sentyabr) terma jamoalariga qarshi o'yinlarda debyut qilishi mumkin edi.
Traore bunga qadar mamlakatning o'smirlar va yoshlar terma jamoalari safida to'p tepgan. Xavbek - "Barselona" tarbiyalanuvchisi, u Kataloniya jamoasi safida atigi 1ta o'yinda maydonga tushgan.
Ispaniyalik futbolchi yakunlangan mavsum APLda 37ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.
O’xshash yangiliklar
23:53
Timur Kapadze: "Jamoa o'yinidan qoniqdim. Raqibimiz dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri edi" 24
Fikrlar