Traore 30 mln evaziga "Lids"ga o'tishi mumkin
01 avg 2021 15:17
Yangiliklar


Traore 30 mln evaziga "Lids"ga o'tishi mumkin
"Vulverxempton" yarim himoyachisi Adama Traore jamoasini o'zgartirishi mumkin
"Goal" xabariga ko'ra, 25 yoshli ispaniyalikni "Lids" o'z tarkibiga qo'shib olishga harakat qilmoqda. Biroq Traorening "bo'rilar" bilan yana 2 yillik shartnomasi bor. SHu boisdan tomonlar transfer narxini kelisha olmayapti.
"Vulverxempton" 30 mln evro so'ramoqda. Ammo pandemiya sababli moliyaviy holat unchalik yaxshi bo'lmagani uchun "Lids" buncha katta mablag' to'lay olmasligini bildirgan.
Ayni damda "Liverpul" ham Traore transferi borasida ishlamoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar