So’nggi yangiliklar

18:40Ўзбекистон терма жамоаси футболчиларининг Уругвайга қарши ўйиндаги статистикаси  0 18:09Япония Бразилиянинг додини берди  13 17:54Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Туркия билан ўйнамоқда (онлайн ҳисоб)  5 17:40Ўзбекистон U-20 терма жамоаси Қозоғистонга қарши баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  1 17:21Ўзбекистон – Уругвай беллашуви статистикаси: МТЖ қайси жабҳада устунлик қилди?  9 16:56Эмилиано Мартинес: "Ўзбекистонга қарши бошқа позицияда ўйнаганимга қарамай, ўзимни яхши ҳис қилдим"  1 16:33Хосе Луис Родригес: "Доминикан Республикасига қарши бироз қийналгандик. Ўзбекистон билан ўйинда эса..."  2 16:12Левандовски сафдан чиқди. У "Эл Класико"да қатнашмайдими?  9 15:44Ўзбекистон – Уругвай ўйинининг тактик таҳлили. Каннаваро ўзининг биринчи жиддий "синови"дан ўтдими?  7 15:26Суперлига. 25-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  6 15:04Мусиала жароҳатдан тикланиш жараёни ҳақида гапирди  0 14:42Ферран Торрес Болгарияга қарши ўйинни ўтказиб юборади  0 14:20Факундо Торрес: "Ўзбекистонга қарши ўйинда мураббий талаб қилган вазифаларни бажардик"  0 13:59"Эвертон" "Манчестер Сити" футболчисини ижарага олмоқчи  0 13:30"Арсенал", "Манчестер Сити" ва "Реал" германиялик ҳимоячига қизиқмоқда  0

"Transfermarkt" RPLdagi narxlarni yangiladi- Abbos Fayzullaev qanchaga qimmatladi? Yangiliklar

"Transfermarkt" RPLdagi narxlarni yangiladi- Abbos Fayzullaev qanchaga qimmatladi?

Transfermarkt Rossiya chempionatida o'ynayotgan futbolchilarning transfer narxini yangiladi.

O'zgarishlardan keyin Abbos Fayzullaevning transfer narxi 2 mln evroga oshdi va endi 8 mln evroga baholanmoqda.

"Transfermarkt"ning masul mutaxassisi Georgiy Lekarev bu borada fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
- Abbos Fayzullaevning narxi muntazam ravishda oshib bormoqda. 2 mln evro Abbosning stabil o'yini samarasi hisoblanadi, u hali ham CSKAning muhim futbolchisi. Endilikda u "armiyachilar"ning ikkinchi eng qimmat futbolchisiga aylandi. SHuningdek, u o'z yosh kategroiyasida (21 yoshgacha) butun RPLda ham ikkinchi hisoblanadi.

"Transfermarkt" yaqinda Franciyaning Liga 1 futbolchilari narxini yangilagandi. Natijada, "Lans" va O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanovning narxi 7 mln evroga oshdi va enidilikda uning transferi 12 mln evroga baholanmoqda. Nima uchun Abbos bor yo'g'i 2 mln evroga qimmatlashdi? Georgiy Lekarev bu savolga ham javob berib o'tdi:
- Fayzullaevning salohiyati oshib bormoqda, lekin RPLning hozirgi saviyasi va Rossiya chempionati futbolchialri uchun talab, uning narxi yanada oshishiga imkon bermadi. Hozirgi vaziyatda u CSKAning asosiy yulduzi va etakchisiga aylansagina raqamlar o'zgarishi mumkin. Husanovning tarnsfer narxi bilan farqqa kelsak, bu ikkita faktorga bog'liq. Birinchisi – Liga 1 va RPL darajalari o'rtasidagi farq, ikkinchisi – Evropa klublarining futbolchiga bo'lgan qiziqishi. TOP-5 liganing vakillari Husanovga qiziqish bildirmoqda, etiborlisi bu jadvalning yuqori qismidagi klublar. Abbosga bu kabi qiziqish hozircha yo'q va u endi katta Evropa futboliga birinchi qadamni tashlashi kutilmoqda.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика