Transfermarkt O'zbekiston Superligasi futbolchilarining yangi narxlarini elon qildi
15 iyu 2021 15:55
Yangiliklar
Transfermarkt O'zbekiston Superligasi futbolchilarining yangi narxlarini elon qildi
Unga ko'ra "Nasaf" to'purari Husayin Norchaevning narxi eng ko'p ko'tarilgan - 225 000 evro va uning hozirgi narxi 450 000 evroga etgan. "Paxtakor" vakili Diyor Xolmatovning transfer narxi esa 200 000 evroga o'sgan.
"Paxtakor" chap qanot himoyachisi IbrohimHalil Yo'ldoshevning narxi 150 000ga ko'tarilgan. Akrom Komilov, SHerzod Nasrullaev, Luka CHermel, Murodjon Rahmatov, Zafar Akromov, SHokir Yo'ldoshev va Ravshan Yagudinning narxlariga yana 150 000 evro qo'shilgan.
Transfer narxi eng ko'p pasayganlar orasida "Paxtakor" posboni Eldorbek Suyunov birinchi o'rinda. Uning transfer narxi 200 000 evroga kamaydi va endi 500 000 evroga teng. Dragan CHeranning narxi 150 000 evroga kamaydi. Hojiakbar Alijonov, Sardor Rashidov, Jasur Jaloliddinov, Igor Golban, Murod Xolmuhammedov, Sanjar Qodirqulov, Evgeniy CHumak va Kaxi Maxaradzening narxlari 100 000ga kamaydi.
Yangilanishdan keyin bir yo'la to'rt o'yinchi Superligamizning eng qimmat futbolchilar bo'lib turibdi. Bular Sardor Sobirxo'jaev, Yovan Jokich, Nurillo To'xtasinov va Hojiakbar Alijonov. Ularning hozirgi transfer narxi 800 000 evroga teng.
Sardor Rashidov 750 000 evro bilan keyingi o'rinda turibdi. SHohruz Norxonov, Azizbek Turg'unboev, Temurxo'ja Abduxoliqov va Farruh Sayfiev portal tomonidan 700 000 evroga baholangan. Egor Krimec 650 000 evroga teng.
Barcha o'zgarishlar bilan quyidagi HAVOLA orqali tanishish mumkin.
Championat.asia "Transfermarkt" portali bilan hamkorlik kelishuviga erishdi
Fikrlar