So’nggi yangiliklar

01:25Тибо Куртуа: "Хаби ва футболчилар ўртасида муаммо йўқ"  0 00:48Месси: "Яна бир марта жаҳон чемпионатини ютишга ҳаракат қиламиз"  4 00:23Италия Кубоги. "Лацио" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 00:10Хумоюнмирзо Иминов “Андижон” билан келишувга эришди  1 23:54Расман: "Пахтакор"нинг яна бир футболчиси "Навбаҳор"да!  4 23:50АПЛ. "Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" баҳси асосий таркиблари маълум!  6 23:40Расман: "Бухоро" футболчиси "Нефтчи"га ўтди  2 23:28Расман: Иброҳим Йўлдошев - "Андижон" футболчиси!  3 23:11"Бавария"га "Брайтон" футболчиси керак  1 22:59"Андижон" яна икки футболчи билан шартнома имзолади  0 22:38Суперлиганинг 30-турида ҳакамлик таҳлили. Хатолар жуда кўп!  0 22:19Расман: Чаласан - "Андижон" футболчиси!  12 21:57Артета жароҳатлар сабабини айтди  0 21:25"Ливерпуль" "Лейпциг" ҳужумчисини таркибида кўрмоқчи  5 20:59Россия термаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келади?  5

Transfermarkt: Endi O'zbekiston Superligasida 1 million va undan qimmat 8 futbolchi bor Yangiliklar

Transfermarkt: Endi O'zbekiston Superligasida 1 million va undan qimmat 8 futbolchi bor

Teglar :  Transfermarkt
Transfermarkt portali O'zbekiston Superligasi va Pro ligasida o'ynayotgan futbolchilarning narxlarini yangiladi.

Superliganing eng ko'p narxi ko'tarilgan futbolchi "Paxtakor" himoyachisi Hojiakbar Alijonov bo'ldi. Himoyachi "Paxtakor"da ajoyib mavsum o'tkazdi: Superligada 26 ta o'yinda 2 ta gol urdi va 12 ta golli uzatma berdi. Uning narxi 400 ming evroga oshdi va endi 1,2 million evroga teng.

"Nasaf" va Superliga kashfiyoti Sardorbek Bahromov uchun bu mavsum zo'r o'tdi. Yil boshida u zaxira futbolchisi edi yilni esa milliy terma jamoa azosi sifatida tugatdi. Uning narxiga 350 ming qo'shildi va endi umumiy narxi 400 mingga etdi.

Igor Sergeev ("Paxtakor"), Husayn Norchaev ("Nasaf"), Muhammadrasul Abdumajidov ("Paxtakor"), Jaloliddin Jumaboev ("Dinamo"), Behruz Karimov ("Surxon") kabi futbolchilarning narxlari 200 ming evrodan ko'paydi.

"Dinamo"da porlab chiqqan Behruzbek Oblaqulovning narxiga 175 ming qo'shildi. "Navbahor" vingeri Ruslanbek Jiyanov va "Paxtakor" himoyachisi Muhammadqodir Hamralievning narxlari 150 ming evrodan oshdi.


Narxi eng ko'p kamaygan top-10 futbolchilar:
1) Hojimat Erkinov ("Paxtakor") - 200 ming evro;
2) Diyor Xolmatov ("Paxtakor") - 150 ming evro.
3) Silvanus Nimeli ("Neftchi") - 150 ming evro;
4) Bobir Abdixoliqov ("Paxtakor") - 100 ming evro;
5) Jamshid Boltaboev ("Navbahor") - 100 ming evro;
6) Saidazamat Mirsaidov ("Navbahor") – 100 ming evro;
7) Umar Eshmurodov ("Nasaf") - 100 ming evro;
8) G'olib G'aybullaev ("Nasaf") - 100 ming evro;
9) Zoir Jo'raboev ("So'g'diyona") - 100 ming evro;
10) Flamarion ("Paxtakor") - 100 ming evro.


"Nasaf" darvozaboni Abduvohid Nematov Superliganing eng qimmat futbolchisi nomini o'zida saqlab qoldi. "Nasaf" va O'zbekiston milliy terma jamoasi azosining narxi hamon 1,5 million evroga teng. Ikkinchi o'rinda "Paxtakor" bilan kubok yutgan Hojimat Erkinov qayd etilgan - 1,3 million evro. Bir yo'la 4 nafar futbolchining narxi 1,2 millionga teng. Sherzod Nasrullaev va Lyupcho Dorievning narxi oldindan shunday edi, Alijonov va Sergeev esa bugungi yangilanishdan keyin ularga etib olishdi.

OKMKning eng stabil futbolchisi Xurshid G'iyosovning narxi hamon 1 million evro. "Neftchi"ning chempionligiga katta hissa qo'shgan 32 yoshli Jamshid Iskanderov faoliyatida ilk bor 1 million evroga chiqdi.

Quvonarlisi endi O'zbekiston Superligasida narxi 1 million va undan ko'p bo'lgan 8 nafar futbolchi bor.

Reyting: +10   

Fikrlar

+1   
04 dek 21:13:34
Adhamhon Xo'jayev
Man_Utd Norin foydalanuvchining fikriga javob berish
Erkinovga juda kop narx belgilangan nimasiga termaga chaqiruradi hayronman
Hojimat Erkinov judayam yahshi, tezkor fudbolchi menimcha
   
05 dek 00:24:11
Man_Utd Norin
Adhamhon Xo'jayev foydalanuvchining fikriga javob berish
Hojimat Erkinov judayam yahshi, tezkor fudbolchi menimcha
tezkorligi bir tiyn borib gol urolmagandan keyin jipr jipr qiloradi o’zicha xuddi uchta tortasini aldab yorib kirib ketadigande , birontasini chroyli aldab o’tib ketganini kormaganman. xullas ortamiyona futbolchi undanam sal pas bolmasa
   
04 dek 18:58:38
Raximbergan Ruzmetov
Чемпионатимизни бу йилги мавсумини энг киммат уйинчиси ЖАМШИД ИСКАНДЕРОВ БУ МЕНИ ТАХМИНИМ .
   
04 dek 17:29:31
FANAT FC NASAF_REAL.M
Köpchiligi Nasaf va Paxtakordan haqiqiy grand jamoalar
   
04 dek 17:14:09
Korea
Менимча нархлар футболчиларга мос Норчаев бир оз тепароқда миллиондан ошганда янада яхшироқ кўринар эди.Лекир умуман чемпионатимизда ўсиш бор, футболчилар ҳам бежизга нархлари кўтарилмайди.
-1   
04 dek 20:40:00
rustam
Опубликуйте стоимость тренеров клубов Суперлиги Про лиги!
-2   
04 dek 17:59:54
Man_Utd Norin
Erkinovga juda kop narx belgilangan nimasiga termaga chaqiruradi hayronman
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика