So’nggi yangiliklar

02:27Ла Лига. "Реал" сафарда "Лас-Пальмас"ни енга олмади  17 01:30Вазифа "омадсиз" бажарилди... "Челси" мағлуб бўлган ҳолда Конференциялар лигаси гуруҳ босқичига йўл олди, "Астана"дан суперкамбек!  3 01:28Sofascore. "Ланс" мағлуб бўлган ўйинда Абдуқодир Ҳусанов неча баллга лойиқ кўрилди?   0 01:04Mission failed! "Ланс" Конференциялар лигаси гуруҳ босқичига чиқа олмади  2 00:31Эрон. "Истиқлол"лар дербисида меҳмон "Истиқлол" мағлуб бўлди  0 23:53Англия термасининг янги бош мураббийи илк ўйинларига кимларни чақирди?  0 23:15Расман: Лукакунинг янги жамоаси маълум қилинди  0 22:59Жароҳатлар таъқибига учраётган Ўзбекистон терма жамоаси тайёргарлигидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:15ЕЧЛ янги мавсумига қуръа ташланди!  49 22:03Конференциялар лигаси саралаши. "Ланс"нинг "Панатинаикос"га қарши асосий таркиби маълум бўлди  4 21:49Эрон. "Истиқлол" "Истиқлол"га қарши. Машарипов асосий таркибдами?  0 21:23Чеферин: "Суперлига ҳеч қачон бўлмайди!"  4 20:48МЮнинг 64 млнлик "биллури" сафдан чиқди  3 20:18Роналду: "Ҳеч қачон қўрқоқ бўлмаганман"  17 19:47"Реал" 2030 йилгача Эндрикнинг ҳар бир голи учун 35 000 доллардан тўлаб боради  8

Transfermarkt − dunyoning asosiy futbol sayti. Xo'jayini kim? Narxlar nimaga asoslanib belgilanadi? Nega hamma ularga ishonadi? Yangiliklar

Transfermarkt − dunyoning asosiy futbol sayti. Xo'jayini kim? Narxlar nimaga asoslanib belgilanadi? Nega hamma ularga ishonadi?

Teglar :  Transfermarkt.de
"Kim kuchliroq?" savol ustidagi tortishuvlar aksariyat hollarda masalaning moddiy tomoniga borib taqaladi.

Masalan: Grizmann, Neymar, Azarning transfer narxini hammamiz yaxshi bilamiz – ular yaqindagina katta pul evaziga boshqa klubga o'tdi. Ammo misol uchun Messining transfer narxi qancha?! U bolaligidan beri "Barsa"da to'p tepadi va hozircha ketish niyati yo'qdek — shuning uchun uning transfer narxi bo'yicha aniq bir summani keltira olmaymiz.

Transfer bozoridagi narxlar qaerdan kelishini tushunishimiz uchun "Transfermarkt" bizga yordam beradi. Bugungi materialimiz orqali uning kelib chiqish tarixi − birgina inson qanday qilib millionlab foydalanuvchilarni o'ziga jalb etgani hamda minglab ko'ngillilar saytni boshqarishga bel bog'lagani haqida batafsil so'zlab beramiz.

Barchasini sekin ishlaydigan internet joniga tekkan va sevimli klubi haqida birorta ham yangilik bilolmagan muxlis yaratgan

2000 yilda "Verder" klubining ashaddiy muxlisi Matias Zaydel ismli yigit Gamburgga ko'chib o'tdi. U o'zi uchun yangi shaharda klubi haqida yangiliklar bilish naqadar qiyin ekanini tushunib etdi: milliy gazetalar "Verder" to'g'risida deyarli hech narsa yozmas, mahalliylari esa boshqa shahar klubini shunchaki tan olmasdi.


"Bu 2000 yillar bo'lgani va internetdan foydalanish imkoni sanoqli insonlarda bo'lganini etiborga oling. SHuning uchun, men bir klubning muxlislik forumiga qo'shildim, boshqa klublar bilan bog'liq transfer, mish-mishlar hamda yangiliklar haqida malumotlar yig'a boshladim".

Transfermarkt.de portalining dizayni Microsoft Frontpage dasturida ishlab chiqilgan. 2000 yil mayda Zaydel "Denic" bepul domenida saytni ro'yxatdan o'tkazdi. SHunday qilib, eng katta malumotlar bazasining tarixi yaratildi. Hozirda u erda 550 ming futbolchining transfer narxi ko'rsatilgan.

Muvaffaqiyat sirlari — vikipediya kabi yo'l tutdi: "yuzer"larga saytga egalik qilish huquqini berdi

"Men transfer haqidagi mish-mishlar, o'yinchilar to'g'risidagi gap-so'zlarning barchasini yoza olishimga imkoniyatlarim etmasligini tushungandim", — deydi Zaydel. — SHuning uchun, men profil saytini yaratish g'oyasi bilan tanish insonlarga saytni ishondim". Zaydel barcha transfer giklari hamda qiziquvchan muxlislarni faol ravishda taklif qila boshladi. Bu esa sayt tezda yuksalishiga yordam berdi. Ro'yxatdan o'tgan foydalanuvchilar biror futbolchiga kartochka bera olar, klub va turli statistik malumot kiritishlari mumkin edi. Zaydel futbol vikipediyasini yaratgan (haqiqiysi paydo bo'lgunga qadar).

"Bizning yuzerlar malumot yig'ar, u yoki bu o'yinchi bilan suhbatlashar, biror mavzuni muhokama qilardilar. Natijada biz qisqa fursat ichida katta, bir butun guruhga aylandik va germaniyalik foydalanuvchilarning faolligi tufayli nemis gugl tizimida oldi o'rinlarga chiqib oldik".

Ikkinchi muvaffaqiyat omili malumotlar bazasi sanaladi. Vikipediyaga o'xshab Transfermarkt qidiruv tizimining eng yaqin do'stiga aylandi: "Hozirgi kunda gugl malumotni tekshirish va uni to'g'rilash imkoniyatiga ega. Bizning bazada 550 ming futbolchi bor. Malumot faqat odamlarning bir qismigagina qiziq bo'lishi va o'sha xabar dolzarb bo'lmasligi mumkin. Lekin shunda ham biz ishonchli manbalar qatoridamiz".

Alohida bir nashr yangiliklar portalida ish olib boradi. Har kuni 7 ta muharrir barcha foydalanuvchilardan kelgan xabarlarni o'qib chiqadi va "Transferlar va mish-mishlar" bo'limiga eksklyuziv yangiliklarni joylaydilar. 2018 yil avgustda saytga kiruvchilar soni kuniga 4 millionga ko'tarildi va ko'rsatkich hamon pastlaganicha yo'q.

Bugungi kunda − germaniyalik va avstriyalik mediamenejerlar "Transfermarkt" ustidan nazorat o'rnatgan. Ammo giklarda (ashaddiy muxlis) hali ham saytda malumot joylashtirish uchun ruxsat bor

2000 yil Zaydel yolg'iz o'zi sayt ochdi. SHuning uchun u yagona xo'jayin va akcioner bo'lgan. 2008 yil u akciya paketining yarmidan ko'pini (51%) nemis mediaxoldingi "Aksel SHpringer-Ferlag"ga sotib yuboradi. Kompaniya Germaniyaning "Bild", "Maksim" va boshqa o'nlab nashrlariga egalik qiladi. Transfermarkt xoldingning yangiliklar tizimiga kiritilgan, shuning uchun "qaynoq mish-mishlar" avtomatik tarzda saytga kiritiladi.

"Men "Aksel SHpringer-Ferlag" bilan bo'lgan kelishuvni yuksalish tomon ko'yilgan yana bir katta qadam deb bilaman", – deydi Zaydel. Faktlar ham buni tasdiqlaydi. Akciyalarning nazorat paketi sotilganida Transfermarktning atigi uchta til versiyasi mavjud edi: nemis, avstriya va chex. 2009 yil yanvarda britaniya (ingliz) tili qo'shildi. Oradan bir oy o'tib esa transfermarkt.tv ochildi: u erda o'yinlar muhokama qilinar va eksklyuziv intervyu tayyorlanardi. 2010 yil italyan va turk versiyalari qo'shildi. Rus tili rasman 2016 yilda ular qatoridan joy oldi.

Zaydel akciyaning yana 10%ini Avstriyaning "e-2" kompaniyasiga sotib yubordi. Evropada "e-2" kompaniyasi bukmekerlik kontoralarini malumot bilan taminlab turadi. Sodda qilib aytganda, "ForzaFootball", "iBetLive", "Sofascore" va boshqa natija va statistikani tezda bilish mumkin bo'lgan dasturlar aynan avstriyaliklarga tegishlidir.

Akciyalarining katta qismini sotib yuborgan Zaydel hech qaerga ketmadi. U 35 kishidan iborat xodimlarni boshqaradi va kompaniyaning vakolatxonasini kengaytirish ustida ishlamoqda. SHu bilan birga, moliyaviy masalalar bilan bog'liq savollarni rad etmoqda. "Bunday ishlar bilan "Aksel SHpringer-Ferlag" shug'ullanadi. Men uchun esa eng asosiysi — futbol".

Narxlarning kelib chiqishi − "toza" demokratiya

Transfermarkt ishlash principini Devid Sampter "Futbolomatika"da va Jeyms SHuroveski "Mudrost tolpy" ishlarida tushuntirib o'tishgan.

Eng sodda varianti "Futbolomatika"da keltirilgan: "2015 yil iyun oyida ayollar o'rtasidagi Jahon CHempionati vaqtida men bir narsaga guvoh bo'ldim. Men Stokgolm universitetining Zoologiya fakulteti vakillariga qo'shilib oldim va ish jarayoni ortda qolgach, bir piyola choy ustida 25 nafar ilmiy ish bilan band xodimga quyidagicha savol bilan yuzlandim: "Bugun SHveciya AQSH termasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuvda umumiy hisobda nechta burchak to'pi tepiladi?". Tahminlar diapazoni 0dan - 34 tagacha etdi! O'rta hisobdagi ko'rsatkich esa 11,26 ni tashkil qildi, bu raqam esa haqiqatga juda yaqin".

Jarayonda qanchalik ko'p odam qatnashsa, natija shunchalik aniq bo'ladi – aynan shu "mudrost tolpy" (ommaviy aql). "Transfermarkt"da ham futbolchilar narhi xuddi shunday yo'l bilan aniqlanadi.


Bazadagi har bir mamlakat uchun alohida-alohida administratorlar guruhi ish olib boradi (malumotlar skautlari). Rahbariyat mahalliy mutaxassislarni maqul ko'radi. Sababi ular o'zi yashayotgan mamlakatdagi "ob-havoni" tashqaridan kelgan odamdan ko'ra yaxshiroq biladi. Ushbu guruh vakillari sayt forumlarida futbolchilar narxi borasida so'rovnomalar o'tkazadi va unda ro'yxatdan o'tgan barcha foydalanuvchilar ishtirok etishlari mumkin. Bu yo'l orqali bir o'q bilan ikkita quyon uriladi: narxni belgilovchi mutaxassislarga pul sarflanmaydi (vaholanki ular ham subektiv baho beradilar) va haqiqatdan o'ta yiroq narsalarni "orzu" qilib yuboradigan "trollardan" saqlanish imkoniyatini beradi.

Ochiq ovoz berish jarayonidan keyin (odatda bu jarayon bir-ikki hafta davom etadi) administratorlar o'rta hisobdagi natijalarni aniqlashadi. Ular natijani u yoki bu tomonga biroz o'zgartirishlari mumkin, lekin odatda o'quvchilar va ularning fikri bir-biriga to'g'ri keladi. Sayt qoidalariga ko'ra, futbolchilarning narxi davralar oralig'i va mavsum yakunida amalga oshiriladi. Bazi futbolchilar narxi, zarur deb topilsa, oktyabr-noyabr oylarida ko'rib chiqilishi mumkin. Navbatda turmay, narxning o'zgarishi qiyin emas. SHunchaki mavsumni o'ta omadli yoki aksincha boshlashingiz, terma jamoaga chaqirilish yoki jarohat olishning o'zi kifoya. SHuningdek, narxlar xalqaro musobaqalardan keyin ham ko'rib chiqiladi.

Bu "bob"da narxga tasir qiluvchi bazi ayyorliklarni o'rgatamiz

Artem Zavodnik, "Transfermarkt"ning Rossiyadagi vakili, futbolchilarning narxini belgilashda etibor beriluvchi uch jihatni alohida qayd etadi.

Birinchidan, futbolchining o'yini. 2018 yil iyun oyida Jeydon Sancho 15 million evro turardi, oradan bir yil o'tib bu raqamlar 6 martaga (!) ko'paydi. Bunga Bundesliga mavsumi davomidagi 12 gol va 14 assist hamda terma jamoaga chaqiruv sabab bo'ldi. Lekin narxni foydalanuvchilar belgilab berishlarini inobatga olsak, bu erda vaqtda ham adashmaslik juda muhim.

2018 yil dekabr oyida "Transfermarkt" adminstartorlari APL futbolchilari narxlarini ko'rib chiqayotgandilar. "Manchester Yunayted"ning ko'plab futbolchilarining narxlari jamoaning Mourinyu qo'l ostidagi omadsiz o'yinlari sabab tushib ketdi. Ammo "Liverpul" bilan o'yindagi mag'lubiyatdan keyin (1:3) murabbiyga chiqish eshiklari ko'rsatildi, yangi murabbiy - Sulsher boshqaruvida jamoa butkul boshqacha o'yin ko'rsata boshladi. SHu sababli forum administratorlari navbatdan tashqari so'rovnoma o'tkazishga qaror qilishdi. 2019 yil mart oyiga kelib Reshford, Lingard va Pogba – yangi jamoa etakchilarining – narxi sinxron ravishda o'sishga erishdi.

Ikkinchi jihat – futbolchining yoshi. Futbolchi qanchalik zo'r bo'lmasin, yoshi o'tib boraveradi. "Trasfermarkt"da shunday bir qoida bor: 30 yoshdan keyin futbolchilar narxi ikki barobarga oshmaydi, 33 dan o'tgach esa o'sha narxni sekin-astalik bilan tushirib borish ko'zda tutilgan. Fabio Kvalyarella, Krishtianu Ronaldu, Duvan Sapata va yana ko'plab mashhur futbolchilar bilan raqobatda, mavsumdagi 26 goli evaziga A Seriya to'purari bo'lganiga qaramay, uning transfer narxi mavsum yakunida bor yo'g'i yarim millionga: 2 mln evrodan 2,5 mlngacha oshdi. Yosh futbolchilar aksincha, har bir omadli harakatdan keyin narxi oshib boraveradi.

Uchinchi jihat – oddiy so'rovnoma. Ammo mana shu erda administratorlardan ko'p narsa talab qiladi. Misol uchun, Portugaliyada ular "Portu", "Benfika", "Sporting" uchligi va qolganlar o'rtasidagi katta farqni yaqqol ko'rsatib bera oladilar. Sabab oddiy: masalan "Braga"dan hech kim TOP chempionatlarga 30-40 mln evro evaziga ketmaydi.

Lekin Franciyada ikki yil oldin atayin barcha futbolchilarning narxini oshirishdi − ayniqsa yosh va kelajagi porloq deb aytilayotganlarni. Yorqin misol – 22 yoshli Vensan Kozello: u "Keln"ga 3 million evro evaziga ko'chib o'tgan, "Transfermarkt"da esa uning narxi 11 mln ko'rsatilgandi.

"Rossiya chempionatining "legionerlarga bo'lgan cheklov" ko'rinishidagi noyob jihati bor. Bu ham qaysidir manoda o'yinchilarning narxiga tasir ko'rsatadi", – deydi Zavodnik.

Reziuan Mirzov "Rostov"dan "Spartak"ka 4 mln evroga o'tdi, lekin uning narxi hali ham 2,5 mln. Bunday hollarda sayt vakillari futbolchi narxini birdan oshirib yuborishni istashmaydi va shoshilinch qarorlar chiqarmaslikka harakat qilishadi. CHunki bunday narx-navo RPLning o'zida aylanadi. Evropaning boshqa klublari yosh emas va qatorlashtirib gollar ham urib tashlamaydigan vinger uchun buncha pul berishi dargumon.

SHunga o'xshash holat APLda ham mavjud: klublar ichki transferlarda, Angliya pasporti bor futbolchilarga ortiqcha o'ylanmay anchagina ko'p pulning bahridan o'tishadi. "Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayrni 80 mln funtga sotib oldi, "Transfermarkt"da uning transfer qiymati – bor yo'g'i 50. Ortiqcha 30 mln – futbolchining millati, jamoaga himoyachi juda kerakligi va "Lester" prezidentining muzokaralardagi omadli ishi tufayli edi.

Xalqaro bo'lim bog'lig'i Tomas Linc tushuntiradi: "Futbolchilarning transfer bozoridagi taxminiy narxi ularning kelgusidagi trasnfer narxiga tasir qilmasligini tushunish muhim sanaladi. To'g'ri, bazi vaqtlarda ularga to'langan pul bizning saytdagi taxminiy summa bilan bir xil yoki unga yaqin bo'ladi. Bilasizmi, veb-saytimizda klublar tekinga olishi mumkin bo'lgan erkin agentlarga ham narx belgilangan. Qisqa qilib aytganda, biz futbolchilarning umumiy qiymatini ko'rsatishga harakat qilamiz".

Tizimning salbiy tomonlari: bazi narsalardagi zaiflik va ochiq tahrir

Transfermarkt hali ham vikipediya principlariga asosan ish ko'radi — bu ochiq maydon, u erda har kim malumotni tahrir qilishi mumkin. To'g'ri, malumotlarni ko'rib chiqadigan muharrir va super-administratorlar bor, ammo u erda ko'p narsa subektiv fikrga bog'liq bo'ladi. SHuningdek, administratorlar xarajatlarni hisoblashda ishga turlicha yondashadilar. Bazida esa statistikani qayta tekshirib ko'rishga to'g'ri keladi. Masalan, Bundesliga rasmiy sayti malumotlariga ko'ra, Sancho o'tgan mavsum 12 gol urgan va 14 golli pas bergan. Ammo transfermarkt 12+17 (gol+pas) deb yozgan. Ana shunga o'xshash holatlar juda ko'p uchraydi.

Yana bir muammo — futbolchining bahsni o'tkazib yuborishi sabablarini ko'rsatish. Murabbiy "jarohat olgani uchun" deganiga qaramay, "qaydnomaga kiritilmadi" deb yozishadi. Yorqin misol: Eshli Yang birinchi mavsum yarmida 5ta sariq kartochka oldi  va "Arsenal"ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi. Biroq saytdagi uning profilida o'yindan chetlatilgani haqida hech qanday malumot yo'q.

Bugungi kunda saytga jarohat olgan va bahsdan chetlashtirilgan o'yinchilar haqidagi malumotlar joylaydigan muharrirlar etishmayapti. "Whoscored", "Premierinjuries" va chempionatlarning rasmiy manbalari bu ishni ulardan ko'ra yaxshiroq eplamoqda — lekin ular juda kam sonli futbolchilar to'g'risida malumot etkazadilar.

Ha, ochiq jamoatchilikning yondoshuvi Vikipediya bilan bir xil munosabatda bo'lishga undaydi. Bu esa saytda bir talay xatolar bo'lishiga imkon tug'diradi. Masalan, saytda Messi Ronaldudan deyarli ikki baravar qimmat (150 mln — 90 mln evro). Lekin shunga qaramay, "Transfermarkt.de" uzoq yillardan beri 550 mingta o'yinchi haqida malumotga ega bo'lgan yagona sayt hisoblanadi.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика