Transfer oynasining so'nggi kuni LIVE
31 avg 2017 16:35
Yangiliklar
Transfer oynasi yopilguniga qadar so'nggi mish-mishlar va rasmiy malumotlarni etiboringizga havola qilib boramiz.
15:00. Transfer oynasi yopilishiga roppa-rosa 12 soat qoldi.
15:10. "Lester Siti" Kalumb CHembers uchun "Arsenal"ga 20 mln. funt taklif qildi, biroq to'pchilar rad etishdi (SkySports).
15:12. "Manchester Siti" Aleksis Sanches borasida so'nggi taklifni yubordi. "Arsenal"ga 75 mln. funt taklif qilindi (Matteo Pedrosi)
15:18. "Arsenal" bugun "Everton"dan Ross Barklini sotib olmoqchi (Mirror).
15:19. "Tottenxem" Lorenteni 15 million funt evaziga xarid qilmoqchi (goal).
15:20. "CHelsi" Drinkuoter uchun 30 million funt va 27 million bonus taklif qildi (telegraph).
15:21. "Inter" vakili Alessandro Bastoni "Atalanta"ga qaytdi va ikki yil ijarada o'ynaydi.
15:30. Kevin Kampl faoliyatini "Leypcig"da davom ettiradi (RASMAN).
15:40. "Olimpiakos"ning 19 yoshli himoyachisi Panagiotis Retsos faoliyatini "Bayer"da davom ettiradi.
16:10. Aleks-Oksleyd CHemberlen "Liverpul"ga o'tdi (RASMAN).
16:35. Serj Ore "Tottenxem"ga o'tdi (RASMAN).
16:45. "Barselona" bugun Toshkent vaqti bilan 22:00 atrofida Koutino transferini elon qiladi.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar