So’nggi yangiliklar

15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0 15:44ПРО-Лига. Турнинг марказий учрашуви асосий таркиблари маълум  2 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  0 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  0 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  1 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  4 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  0 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  3 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  3 11:53Начо ва Васкес "Реал" билан шартномасини узайтиради  2 11:23"Шўртан"нинг мавсумдаги илк ғалабаси қандай қўлга киритилди?   0 10:37Футзал. Терма жамоамиз бугун Қирғиз Республикасига қарши баҳс олиб боради  0 10:00Хави «Барселона»да қолиши мумкин, бироқ бош мураббий сифатида эмас  4 09:24Месси футболдан ташқари яна қайси спорт турларига қизиқишини айтди  15

Transfer oynasida kim ko'p daromad qildi? Yangiliklar

Transfer oynasida kim ko'p daromad qildi?

Xohlaysizmi-yo'qmi, futbol – bu biznes. Pul ishlash har bir biznesning bir qismidir.

Evropaning bazi klublari bu borada transfer bozorida boshqalarga nisbatan yaxshiroq ishladi, mo'may daromad ko'rganlarning ayrimlari esa mutlaqo boshqa ligalardan.

Biz 2010 yildan beri o'z futbolchilarini qo'yib yuborish evaziga daromad qilgan top-klublarni ko'rib chiqib, reyting tuzishga urinib ko'rdik. Odatda mana shunday biznesni amalga oshiradigan jamoalar kichik to'lov bilan hech kim tanimaydigan o'yinchilarni olib keladilar, ularni rivojlantirish ustida ishlaydilar, buni jadallashtirib boradilar va yaxshigina summaga pullab yuborishadi. Ayni shu davr qayta-qayta boshlanaveradi.

Xuddi "Barselona" 2013 yilda Braziliyaning "Santos"idan 88 mln evro evaziga sotib olgan Neymarni oradan 4 yil o'tib PSJga 222 mln evroga sotib yuborgani kabi jahon darajasidagi yulduz futbolchilardan ham katta daromad qilish mumkin bo'lsa-da, klublar uchun daromadli bitimlar asosan past darajadagi o'yinchilardan keladi. Va spoyler shundan iboratki, katta klublar odatda qisqa muddatda foyda ko'rmaydilar, chunki ular o'z maqsadlariga etish uchun ko'proq to'lashga majbur bo'lishadi.

Quyida Transfermarkt portali malumotlariga asoslanib, so'nggi 12 yil ichida transfer bozorida o'yinchi savdosidan daromad olib, katta muvaffaqiyatga erishgan klublar ro'yxati keltirildi:

1. "Benfika" – 690 mln evro

2. "Portu" – 452 mln evro

3. "Lill" – 396 mln evro

4. "Ayaks" – 395 mln evro

5. "Zalcburg" – 342 mln evro

6. "Sporting" – 270 mln evro

7. "Udineze" – 259 mln evro

8. "Lion" – 243 mln evro

9. "Braga" – 214 mln evro

10. "Jenoa" – 197 mln evro

"Benfika"

Rekord xarid: 34 mln evro – Darvin Nunes ("Almeriya")

Rekord sotuv: 75 mln evro – Darvin Nunes ("Liverpul")

"Benfika" – Portugaliyada eng ko'p qo'llab-quvvatlanadigan klub. Jamoa 2000 yildan beri 7 bor chempionlik titulini qo'lga kiritgan va bu borada umumiy hisobda 37 kubok sohibi sifatida mamlakat rekordchisi hamdir. "Benfika" so'nggi 20 yil ichida transferlardan naqd 1 milliard evrodan ortiq daromad ko'rgan. "Benfika"ning transfer chizmasi raqibi "Portu"nikidan (pastroqqa qarang) unchalik farq qilmaydi, lekin aynan ularning yuqori toifali akademiyasida ishlaydigan eng top-murabbiylar rahbarligida o'n yillar davomida bazi o'ta iqtidorli yosh o'yinchilar tarbiyalandi. Joau Feliksning "Atletiko Madrid"ga 126 mln evroga o'tishi va Ruben Diashning "Manchester Siti"ga 68 mln evroga sotilishi kabi "marvaridlar"ning kashf etilishi yuqoridagi fikrning yorqin dalilidir. Ko'shimchasiga "Benfika" Braziliya va Argentinada ajoyib skautlar tarmog'iga ega, bu ularga minimal to'lovlar evaziga David Luiz va Anxel di Mariya va Pablo Aymar kabi futbolchilarni olib kelish imkonini beradi.

Umuman olganda, Portugaliya klublari Janubiy Amerikadan uncha uzoq bo'lmagan iqlim, madaniyat va futbol uslubiga ega ekanligi uchun shunday daromad oladi, bu esa Atlantika okeanini ilk bor kesib o'tayotgan o'yinchilar uchun silliq o'tish imkonini beradi. Maoshi nisbatan kamtarona mamlakatda top-klub bo'lish (chet ellik o'yinchilarni sotib olishda bir nechta cheklovlar bilan) "Benfika"ga chet ellik o'yinchilar, masalan, braziliyalik istedod egasi Germaniya yoki Italiyada shunga o'xshash darajadagi klubdan olishi mumkin bo'lgan maoshdan ancha pastrog'ini taklif qilish imkonini beradi. 

SHu bilan birga, ular Serbiya, Sloveniya va SHveciya kabi Evropaning kichikroq davlatlaridan bo'lgan istedodlarni rivojlantirishni ham yaxshi uddalashadi. Nemanya Matich "CHelsi"dan 5 mlnga olinib, uch yildan keyin 25 mln evro evaziga "ko'klar" safiga qaytdi, Yan Oblak "Olimpiya"dan 4 mln evroga xarid qilinib, keyinroq "Atletiko"ga 16 mlnga pullandi, Viktor Lindelyof "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolaganida 35 mln evro daromad ko'rdi. "Benfika"ning yulduzlarni payqash qobiliyati o'zini ko'rsatdi – ular Ispaniyaning "Almeriya" jamoasida Darvin Nunesni ko'ra olishdi va u orqali ikki yil ichida futbolchi "Liverpul"ga 75 mln evroga transfer qilinganida 41 mln foyda ko'rdi.

"Benfika"ning asosiy kuchi – bu uning o'zini "butik" klub sifatida ko'rsata olganidir ("Portu" ham xuddi shunday). Ular deyarli faqat o'z shartlariga ko'ra transfer bitimlariga kiradilar va uni amalga oshiradilar.


"Portu"

Rekord xarid: 20 mln evro – David Karmu ("Braga"), Oliver Torres ("Atletiko Madrid"), Janelli Imbula ("Marsel")

Rekord sotuv: 50 mln evro – Eder Militao ("Real Madrid")

"Portu" ichki ligadagi doimiy muvaffaqiyat – 2000 yildan beri 12 chempionlik unvoni, bir necha haqiqiy raqobatchilar bo'lsa-da, CHempionlar Ligasidagi muntazam ishtiroki bilan uzoq vaqtdan buyon foydali transfer bitimlari uchun xuddi yaxshi moylangan mashinadek bo'lib kelgan. 

Joriy yil boshida o'z faoliyatining 40 yilligini nishonlagan uzoq yillik klub prezidenti Xorxe Nuno Pintu da Koshta boshchiligidagi "Portu" 2004 yilda "CHelsi" ularning ikki futbolchisi Rikardu Karvalyu va Paulu Ferreyra uchun 50 mln to'lagandan beri transfer bozorining asosiy ishtirokchisi bo'lib keldi. Pintu da Koshta barqarorlik va klubning o'yinchilar bilan shartnoma imzolashdagi arzon taklif, rivojlantirish, oldinga siljish va qayta investiciya qilish modeliga sodiqlik taminlagani bois "Portu" yaxshi murabbiy tanlash uchun bor imkoniyatini ishga soldi. Biroq ularning skautlar tarmog'i chindanda hayratlanarli.

Qaerdadir kimdir jasorat bilan skautlikka qo'l ursa, bu doim tayyor bo'lib turadigan "Portu" vakili bo'lib chiqadi. Klubning, ayniqsa, Janubiy Amerika bilan aloqalari juda mustahkam. 

"Portu" mana shu aloqalardan foydalanib "River Pleyt"dan hujumchi Radamel Falkaoni 5,5 mln evroga ("Atletiko Madrid"ga 34,5 mln evro foydasi bilan sotdi), himoyachi Eder Militaoni "San Paulu"dan 7 mln evroga (bir yil ichida "Real Madrid"ga o'tkazib, 43 mln evro daromad oldi) va yaqinda vinger Luis Diasni 7 mlnga "Junior FK"dan (ikki yildan so'ng 40 mln foyda bilan "Liverpul"ga pulladi) oldi.

"Portu" hech qachon 20 mln evrodan ortiq mablag' sarflamagan va kelish-ketish biznesidagi yangi bitimlarda doimo aql bilan harakat qiladi. Masalan, Xalk va Brunu Alvesh umumiy 62 mln evro mablag' evaziga Rossiyaga Sankt-Peterburgning "Zenit" klubi tarkibiga borib qo'shilishdi. Bu bitim 2010 yillarning boshi uchun juda yaxshi foyda degani edi. SHu bilan birga, ularning fantastik akademiyasi ham bor. Buni klub hisobiga jami 112 mln evro foyda keltirgan Vitinya (PSJ), Fabiu Vieyra ("Arsenal") va Fabiu Silva ("Vulverxempton") misolida ko'rish mumkin.


"Ayaks"

Rekord xarid: 31,3 mln evro – Stiven Bergveyn ("Tottenxem")

Rekord sotuv: 86 mln evro – Frenki de Yong ("Barselona")

O'nlab yillar davomida Evropa futbolidagi eng nufuzli akademiyaga ega bo'lgan Niderlandiya klubi haligacha mafkuraga asoslangan klub arxetipika yaqinlashishdan bahramand bo'lib kelmoqda. Yoshlarning rivojlanishidan to yuqori darajaga ko'tarilgunicha bo'lgan davrda yillar davomida amalga oshirilgan strategik ish, umumiy ulashilgan tamoyillar va metodologiya natijasida "Ayaks" Evropaning bazi top-klublariga jamoada asosiy rolni o'ynovchi o'yinchilarni etkazib berdi.

Tanqidchilar "Ayaks" tarbiyalaydigan o'yinchilar unchalik moslashuvchan emasligi va o'yinning estetik tomonidan ko'p tashvishda bo'lishini iddao qilishi mumkin, ammo ularning sifatiga zarracha shubha bo'lishi mumkin emas.

Evropaning bazi yirik klublari rahbarlari hozir biz keltiradigan malumotga qo'shilsa kerak, bu yozda "Ayaks" klubdan ketgan o'yinchilar orqasidan 112 mln evro olgan: Lisandro Martines ("Manchester Yunayted"), Sebastyan Alle ("Borussiya" Dortmund), Rayan Gravenberx ("Bavariya") va Nikolas Talyafiko ("Lion").

"Barselona"ga 86 mln evro evaziga o'tgan de Yong, 85 mln evroga "Yuventus" azosiga aylangan Matteys de Ligt va MYU 39 millionga tarkibini kuchaytirgan Donni van de Bek so'nggi yillarda klub akademiyasi tojining marvaridlari edi. Ammo "Ayaks" ham boshqa klublar bilan ham shartnoma imzolay olishini barchaga ko'rsatdi, ayniqsa, Niderlandiyada ham: "Groningem"dan 7,5 mln evroga sotib oldi va klub uni "Liverpul"ga sotganida 15 mln foyda ko'rdi, "Tvente"dan Hakim Ziesh 11 million evroga xarid qilinib, "CHelsi"ga 44 mlnga o'tkazib yuborildi.

Niderlandiyada Evropa Ittifoqiga azo bo'lmagan davlatdan o'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazish bo'yicha qatiy cheklovlar borligi tufayli, “Ayaks” okeanortidan kelganlar uchun ideal sharoit hozirlay olmasligi mumkin(garchi kolumbiyalik Davinson Sanches, argentinalik Martines va braziliyalik Entonilar avvaliga muhim bitimlar hisoblanmagan bo'lishiga qaramay, keyinroq ular muvaffaqiyat qozonishdi), biroq klub Evropaning eng yaxshi iqtidorlari uchun katta imkoniyat bo'lib qoladi.

Mansurbek Nematov tarjimasi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика