“Traktorsozi” bosh murabbiyi ishdan haydaldi
09 fev 2015 13:33
Yangiliklar

“Traktorsozi” bosh murabbiyi ishdan haydaldi
“Nasaf”ning OCHL-2015dagi raqibi Eronning Tabrez shahri “Traktorsozi” klubi rasmiy saytining tarqatgan xabariga ko'ra, jamoa bosh murabbiyi Rasul Xotibiy keyingi turlardagi qoniqarsiz natijalar uchun egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Ayni paytda jamoani vaqtinchalik boshqarish, klubda faoliyat olib borayotgan yana bir murabbiy, Xader Rahimzoda zimmasiga yukaltilgan. Klub rasmiy saytida jamoaga qaysi yangi mutaxasis taklif etilishi to'g'risida hozircha malumot berilmagan.
Hozirgi kungacha Eron Proligasida 18ta uchrashuv o'tkazgan OCHLdagi raqibimiz “Traktorsozi” hisobida 32 ochko bor va musobaqa jadvalining 5-pog'onasini egallab turibdi.
Eslatib o'tamiz, “Nasaf” OCHL-2015dagi ilk uchrashuvni 25 fevral chorshanba kuni o'z maydonida “Traktorsozi” klubiga qarshi o'tkazadi.

Fikrlar