So’nggi yangiliklar

01:50А Серия. "Интер" 5та гол фарқи билан ғалабага эришди  0 00:54Неймар ва "Реал" футболчилари Бразилия терма жамоасига чақирилмади  3 00:10Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" – "Навбаҳор" 4:0  3 00:07Сергей Лушчан: “Бугун улар ўз жамоаси учун эмас, рақиб учун ўйнашди. "Навбаҳор"да ишлар эканман, бу ўйинчилар энди таркибдан жой олмайди”  19 23:46"Наполи" МЮ футболчисини ўз сафига қўшиб олади  0 22:56АПЛ. "Ньюкасл" - "Ливерпуль" баҳси учун таркиблар эълон қилинди  4 22:38Аёллар ўртасида ОЧЛ. "Насаф" қизлари Непал клубини таслим қилди  0 21:54Винисиус "Овьедо"га қарши ўйинни захирада бошлашини кутмаган экан. Алонсо уни огоҳлантирмаган  2 21:35"Бавария" Жексон билан келишувга эришди. Энди "Челси" билан музокаралар бўлиб ўтади  1 21:24"Марсель" "Реал" хавбекини ижарага олмоқчи  0 20:56Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Навбаҳор"ни йирик ҳисобда енгиб, илк ярим финалчига айланди  102 20:03Артём Петросян: "Қизил карточка ҳаммасини барбод қилди"  3 19:54Фарҳод Нишонов: "Олимпик" 10 киши бўлиб қолганига қарамасдан, астойдил курашди"  0 19:17Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақаси учун таркибини эълон қилди  5 18:58Про лига. "Олимпик-MobiUz" бир киши кам "Олимпик" устидан минимал ғалабага эришди  0

Toxir Kopadze: “Qo'qon-1912” jamoasida ko'tarma puli berilmaydi” Yangiliklar

Toxir Kopadze: “Qo'qon-1912” jamoasida ko'tarma puli berilmaydi”

Oliy ligaga chiqishni maqsad qilgan “Qo'qon-1912” jamoasi shu kunlarda Toshkentda yig'in o'tkazmoqda.
Bundan unumli foydalanib qo'qonliklar ustozi Toxir Kopadze bilan suhbat uyushtirdik.

-   Jamoa oliy ligaga chiqishni maqsad qilgan. Bu yo'lda nimalar qilinmoqda?
-   “Qo'qon-1912” jamoasi o'tgan yili birinchi ligada uchinchi o'rinni egalladi. “Mashal” hamda “Andijon” klublari garchi oliy ligadan tushib ketgan bo'lsada, tarkibning asosiy qismini saqlab qolgan edi. Bundan tashqari, bu ikki jamoaning moliyaviy imkoniyatlari juda yaxshi edi, tayyorgarlik jarayonini ham alo darajada olib borishdi. Mavsum avvalida aynan shu ikki klubga favorit sifatida qaraldi va shunday ham bo'lib chiqdi.

Jamoamiz uchun ularga qarshilik qilish qiyin edi. Ortda qolgan mavsumning 8-turigacha “Qo'qon-1912”da moliyaviy tomondan juda katta muammolar bor edi. Men 8-turda jamoani qabul qilib olganimdan keyin viloyat hokimi jamoaga yangi homiy ajratdi va klub oldiga yangi vazifa qo'ydi. Ana shundan so'ng o'yinimizda ijobiy tomonga o'zgarish bo'ldi. Lekin, reglamentga ko'ra, birinchi davra nihoyasiga etmagunga qadar tarkibimizni kuchaytira olmas edik. Yani, dastlabki davrani bor futbolchilar bilan yakunlashga majbur edik. SHu davrda anchagina ochko yo'qotdik. Ikkinchi davrada esa tarkibga 10 ta yangi futbolchi kelib qo'shildi va biz yakunda “Mashal” va “Andijon”dan so'ng uchinchi o'rinni band etdik.

Bu mavsum oldidan viloyatimiz hokimi boshlanajak mavsumda jamoa oldiga oliy ligaga chiqishni vazifa qilib qo'ydi. Bu vazifa o'z-o'zidan qo'yilmadi. Tarkib, stadion, baza, moliyaviy jihatlar, xullas oliy ligaga chiqish uchun nima talab qilinadigan bo'lsa hammasini parallel tarzda olib borish haqida qaror qabul qilindi.

Bizni yana bir yutug'imiz shu bo'ldiki, homiyimiz “Qo'qon spirt zavodi” o'zining cexlaridan birini jamoa ixtiyoriga topshirdi. Bu cexda bug'doyni qayta ishlab chiqarish natijasida barda degan mahsulot ishlab chiqariladi, aynan shu mahsulotni sotib, olingan daromad evaziga jamoani moliyalashtirib kelmoqdamiz.

Bundan tashqari, Qo'qondagi stadionda kiyinish xonalari, stadiondagi sharoitlarning hammasi talabga javob beradi. Faqatgina, maydon chimi unchalik yaxshi holatda emasdi. O'tgan yili chempionat o'yinlari yakunlanganidan so'ng, noyabr oyida stadion chimini yaroqli holatga keltirish borasida ishlar boshlab yuborildi. Yangi mavsumda yaxshi holatdagi chimda o'ynaymiz.



Bundan tashqari, o'tgan yili jamoaga evropa standartlari asosida tamirlangan ikki qavatli baza va maxsus avtobus berildi. Xullas, oliy ligaga chiqish uchun qanday talablar qo'yiladigan bo'lsa, deyarli barchasi amalga oshirilmoqda. Eng quvonarlisi esa, shu yilning oxirlariga borib o'z akademiyamizni ochishni mo'ljallaganmiz. Hozir akademiya ochish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni to'g'rilash bilan shug'ullanayapmiz. To'g'ri, akademiya unchalik katta bo'lmaydi, boshlanishiga uchta guruh ochish niyatidamiz.

Bugungi kunda klubning rasmiy web sayti test rejimida ishlamoqda, kokand1912.uz – bizning rasmiy web saytimiz. Sayt ustida hali ishlanishi kerak, mavsum boshlangunga qadar yaxshi ko'rinishga keltirib olamiz deb umid qilaman. Bu ishlar bilan jamoa matbuot kotibi Oybek Kopadze shug'ullanmoqda.

Tarkib masalasida 2 xil yo'l bor: birinchisi - mahalliy yosh o'yinchilarga suyangan holda jamoani shakllantirish, ikkinchisi – kuchli va tajribali futbolchilarni katta mablag' evaziga o'ynatib klubni kuchaytirish. Biz birinchi yo'lni tanladik. Buni birinchi sababi, Qo'qon hamisha iqtidorli futbolchilarga boy bo'lgan, yosh kadrlar etarlicha topiladi. O'tgan mavsum o'z-o'zidan uchinchi o'rinni olganimiz yo'q, o'sha tarkibdagi mahalliy o'yinchilarni deyarli hammasini olib qoldik, o'sib kelayotgan yoshlarimiz bor, ularga imkoniyat bermoqchimiz. SHu bilan birga “Neftchi”dan 3 nafar o'yinchini, “Bunyodkor”dan Rustam Ashurmatov, “So'g'diyona”dan Jalil Kimsanov kabi futbolchilarni ijaraga oldik.

Rahbarlar bilan suhbat chog'ida katta transferlar qilishga pulimiz yo'qligini aytdim, futbolchilarga katta maosh va ko'tarma pullari bergandan ko'ra, o'sha pullarni o'quv-yig'in mashg'ulotlariga ishlatishni taklif qildim. CHunki, o'yinchilarimizning potenciali yuqori, lekin ular yaxshi yig'inlarni ko'rishmagan. Mashaqqatli mexnat evaziga kerakli natijani qayd etamiz deb barcha javobgarlikni o'z bo'ynimga oldim. Birinchi bosqichda vazifa sakkiztalikka kirish, kirganda ham dastlabki ikki o'rindan birini egallagan holda. Tarkibimizdagi yigitlar bilan buni bemalol uddalasa bo'ladi. Agar birinchi bosqichdan keyin hozirgi tarkib bilan qiynalib qoladigan bo'lsak, kuchimiz etmasa, unda ikkinchi davrada yangi o'yinchilarni jalb qilamiz.

O'ylaymanki, biz tanlagan yo'l to'g'ri. CHunki, bir necha yildan beri ko'rib kelayapmiz bizda bir kunlik jamoalar ko'p. Bir yilda katta pul sarflab o'yinchilarni olib keladi, pul tugagandan so'ng, ularni hammasi yana ketadi. Yoki ijaraga juda ko'p o'yinchilarni olishadi, bir yildan keyin hammasi o'z jamoasiga qaytib ketadi. Keyin jamoani yana boshidan shakllantirishga to'g'ri keladi. SHuning uchun ham biz eski tarkibni saqlab qoldik, shu yigitlar bilan oliy ligaga chiqishni uddalasak, ularni yil davomida oliy ligaga tayyorlaymiz.

-   Jamoaning yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoni haqida batafsil malumot bersangiz?
-   Boshlanajak mavsumga tayyorgarlikning dastlabki qismi 20-29 dekabr kunlari Qo'qonda bo'lib o'tdi. U paytda men Toshkentda “PRO” licenziyasiga o'qiyotganligim uchun birinchi yig'inni yordamchi murabbiy o'tkazdi. Unda 1995, 1996, 1997 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida turnir o'tkazdik. Turnirda Buvayda, Uchko'prik, Dang'ara, Bag'dod kabi tumanlardan iqtidorli yoshlar qatnashishdi va biz ular orasidan 5-6 nafarini saralab olindi.

Ikkinchi yig'in uchun 3-yanvarda Qo'qonda yig'ildik. 3 kunlik qisqa mashg'ulotlardan so'ng, 8-yanvarda Toshkentga keldik. Mashg'ulotlar 12 kun davomida CHilonzordagi suniy maydonda olib borildi va shu kunlar ichida to'rtta o'rtoqlik o'yini o'tkazdik.

Uchinchi yig'in doirasida 6 kun Qo'qonda shug'ullandik va Farg'onaga viloyat hokimi kubogida qatnashish uchun yo'l oldik. U erda yarim finalga qadar etib bordik. Yarim finaldagi “Neftchi”ga qarshi o'yinimizni 9-fevralga belgilashdi. 10-fevralda esa jamoa PFL kubogidagi dastlabki o'yinini o'tkazishi lozim edi. “Neftchi”ga qarshi yarim finalda yoshlarimiz o'ynadi, asosiy tarkib esa Toshkentga yo'l oldi. PFL kubogida ham birinchi yil qatnashishimizga qaramasdan yarim finalgacha etib bordik.

Keyingi yig'in bir hafta davomida Qo'qonda bo'lib o'tdi.
Va nihoyat, 11-martdan Toshkentga oxirgi yig'inni o'tkazish uchun keldik. 8 kun ichida birinchi liga jamoalari bilan ettita o'yin o'tkazdik. “SHarq” mintaqasida asosan Toshkent va vodiy jamoalari bellashadi, shuning uchun ham Toshkent klublari bilan nazorat uchrashuvlarini o'tkazdik. CHunki, raqiblarni kuchini ular bilan o'zaro o'yinda sinash mumkin. SHu tariqa, Toshkentdagi yig'in 18-mart sanasida o'z nihoyasiga etadi. SHundan so'ng, futbolchilarga ikki kun dam beriladi, 21-martda esa Qo'qonda yig'ilamiz va 30-mart kuni “UzDongJu”ga qarshi o'tkaziladigan kubok baxsiga tayyorlanamiz.

 Jamoa stadioni mavsumga shaymi?
-   Hozircha stadionimizda mashg'ulot o'tkazmadik. Toshkentda shug'ullanayotganimizning asosiy sabablaridan biri ham shu edi. Maydon chimi tayyor emas edi. Qo'qonda suniy qoplamali katta maydonlar yo'q, hammasi kichik maydonlar, kichik hajmdagi maydonda esa taktik sxemalar bo'yicha ishlashning imkoni yo'q. Nasib qilsa mavsum boshlanishidan 10 kun oldin o'zimizni stadionda shug'ullanishni boshlaymiz. Yigitlar stadionga moslashishlari kerak.

-   Demak, “Qo'qon-1912” jamoasi oliy liga yo'llanmasini qo'lga kiritgan taqdirda, klub stadioni oliy liga talabiga javob beradi. SHundaymi?
-   Albatta, umumiy jihatdan stadion alo daraja, faqatgina maydon chimining holati yaxshi emasdi. Lekin, endi chim ham talabga javob beradi.



-   Jamoaning bir yillik byudjeti qancha?
-   “Qo'qon-1912”ning bir yillik byudjetiga stadionni tamirlashga ketgan harajatlar va cex ishchilarining maoshlari ham kiradi. SHuning uchun ham faqat futbol uchun mo'ljallangan byudjet haqida aniq raqamlarni keltira olmayman. Bir narsani aytishim mumkinki, jamoamizning byudjeti birinchi liga jamoalari orasida eng kattasi emas, lekin, eng barqarori deyishim mumkin. Futbolchilar va ishchilarning maoshlari hamisha o'z vaqtida beriladi.
Futbolimizdagi eng og'riqli nuqtalardan biri bu – ko'tarma pullar. Bizni jamoada hech bir futbolchiga ko'tarma puli berilmaydi. Agar jamoa oliy ligaga chiqsa, har bir futbolchiga moliyaviy jihatdan qo'shimcha bonuslar beriladi. Yig'inlar davomida oliy liga havosidan nafas olgan bir nechta futbolchilar qatnashishdi, ammo ular ko'tarma puli so'rashi bilan ularga chiqish eshiklarini ko'rsatib qo'ydik. CHunki, biz bunga qarshimiz. Futbolda eng yaxshi jihat aytilgan ishni, berilgan vadani vaqtida bajarish. Juda katta mablag' bo'lmasa ham, lekin, vaqtida berilishi kerak.

 Anchadan buyon Nodir Qo'ziboevning “Qo'qon-1912” jamoasiga o'tishi mumkinligi aytilmoqda. Bu masala hal bo'ldimi?
-   O'tgan mavsum ikkinchi bosqichda Nodirni chaqirdik va u biz bilan yig'inda ishtirok etdi. Unda “Istiqlol” ikkinchi bosqichga o'ta olmagandi. Lekin, oxirgi kuni “Yangier” ikkinchi bosqichda ishtirok etmasligini bildirdi va ularning o'rniga “Istiqlol” qatnashdi. Keyin “Istiqlol” rahbarlari pul so'rashdi, biz esa ular aytgan pulni bermadik.  SHuning uchun ham Qo'ziboev yana Toshkent klubiga qaytib ketdi.

Bu yil esa u yig'inlarimizda ishtirok etmadi. Xullas, Nodir Qo'ziboevni Toshkentning “Istiqlol” jamoasidan sotib oldik. Uni jismoniy tayyorgarligi yaxshi emas, lekin bizda unga vaqt berishga imkon bor. CHunki, Qo'ziboev harakat qiladigan nuqtada o'ynaydigan boshqa futbolchilarimiz bor.

-   Nodir Qo'ziboevning transferi qanchaga tushdi?
-   5 million so'm.



 “Qo'qon-1912” jamoasida futbolchilar qancha oylik olishadi?
-   Bizni jamoamizda 4 toifa futbolchilar bor. Birinchi toifa, yani eng tajribali futbolchilarga 1 million so'm oylik, 1 million so'm mukofot puli(har bir g'alabaga) beriladi. Ikkinchi toifa futbolchilarga 800 ming oylik, 800 ming mukofot puli. Uchinchi toifa 600 ming oylik, 600 ming mukofot puli. To'rtinchi toifa esa 500 ming oylik va 500 ming so'm mukofot puli oladi.

O'zbek jamoalaridagi og'riqli jihatlardan biri oylik maoshlari va mukofot pullarining vaqtida berilmasligi. Bitta jamoa futbolchilari millionlarni olishayotganda, ikkinchi jamoa o'yinchilari bir necha oylab maosh olishmaydi. Aynan mana shu omil ham kelishilgan o'yinlarni keltirib chiqaradi.

 Qo'qonlik ishqibozlar haqida fikringiz?
-   Qo'qonda muhlislar talabchan, hamisha g'alaba talab qilishadi. SHuning uchun ham bu erda uncha-muncha futbolchi va murabbiylar ishlay olishmaydi. O'yin paytida tribunadagi muhlislar hamisha gol talab qilishadi, maydondagi futbolchilar 90 daqiqa bosim ostida o'ynashadi. Lekin, Qo'qonliklar futbol bilan yashaydi, hamma futbolga qiziqadi, befarq emas. Nasib qilib, oliy ligaga qaytsak, muhlislar har bir uchrashuvda stadionni to'ldirib o'tirishadi.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика