Totti: "Nedvedni yomon ko'rardim, u noliyverardi"
28 sen 2018 12:03
Yangiliklar
Totti: "Nedvedni yomon ko'rardim, u noliyverardi"
"Roma" afsonasi Franchesko Totti o'zining avtobiografiyasida Pavel Nedved bilan raqobat haqida aytib, JCH-2006dagi Italiya - CHexiya uchrashuvini yodga oldi.
"O'sha kuni Nedved ajoyib formada edi, bu haqida gapirish og'ir, chunki uni maydonda yoqtirmas edim. Pavel noliyverardi. Unga tegib ketsangiz, Nedved 10 metrga uchib ketardi. Bundan keyin uni urishni istab qolardim. Ammo Pavel juda yaxshi futbol o'ynardi. U shunchalik yaxshi harakat qilgani tufayli, Buffon o'sha bahsda uch yoki to'rtta ajoyib seyv ijro etishiga to'g'ri keldi.
Uni futbolchi sifatida yomon ko'rishimni hech qachon yashirmaganman, ammo u bilan Monte-Karloda uchrashganimizda Nedved juda xushmuomala edi. Pavel oldimga keldi va faoliyatimni yakunlash qanday bo'lgani haqida so'radi" - deyiladi Totti avtobiografiyasida.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar