Totti: "Futbol - bu biznesdanda ortiqroq"
09 okt 2021 16:16
Yangiliklar
Totti: "Futbol - bu biznesdanda ortiqroq"
"Roma"ning sobiq sardori Franchesko Totti hozirgi va uning davridagi futbolning farqi haqida gapirdi.
"Men umuman boshqa davrda futbolni boshlaganman. O'shanda futbol boshqacha edi. Futbolga bo'lgan muhabbat muxlislar sababli bo'lgan. Menda tanlash imkoni yo'q edi. CHunki umrim davomida sevgan jamoa tarkibida o'ynadim.
Bir jamoa tarkibida yigirma besh yil - kichik narsa emas. Sardor sifatida jamoaning asosiy futbolchilardan biri bo'lish - doimo futbolchidan katta javobgarlikni talab qilgan.
O'sha paytdagi va hozirgi futbolni solishtirish qiyin. Hozir futbol biznesdanda ortiqroq. Faqatgina pul uchun jamoani o'zgartirasan. Balki bu normal holatdir...", - dedi Totti.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar