"Tottenxem" yaponiyalik himoyachi bilan shartnoma imzolashga yaqin
15 iyu 2021 20:49
Yangiliklar
"Tottenxem" yaponiyalik himoyachi bilan shartnoma imzolashga yaqin
"Bolonya" markaziy himoyachisi Takexiro Tomiyasu faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, Londonning "Tottenxem" klubi 22 yoshli futbolchining transferi bo'yicha deyarli kelishuvga erishdi.
Aytilishicha, "shporlar" yaponiyalik uchun 17,5 million evro to'lashadi.
Tomiyasu o'tgan mavsumda "Bolonya" uchun 33 o'yinda qatnashib, 2 ta gol urdi.
Fikrlar