"Tottenxem" va "Sevilya" kelishuvga erishdi. "SHporlar" Xil uchun Lamela va 25 mln evro to'lashadi
26 iyu 2021 09:25
Yangiliklar
"Tottenxem" va "Sevilya" kelishuvga erishdi. "SHporlar" Xil uchun Lamela va 25 mln evro to'lashadi
"Tottenxem" va "Sevilya" o'yinchi almashish borasida kelishuvga erishishdi.
"SHporlar" xavbeki Erik Lamela tibbiy ko'rikdan o'tish uchun Ispaniyaga keldi. "Sevilya" yarim himoyachisi Brayan Xil esa Angliya klubi bilan 2026 yilga qadar shartnoma imzolaydi.
"Tottenxem" almashinuv doirasida "Sevilya"ga qo'shimcha 25 million evro miqdorida pul to'laydi. Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda.
Xil o'tgan mavsumni "Eybar"da ijarada o'tkazdi. Futbolchi La Liga doirasidagi 28ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Fikrlar