"Tottenxem" "Uotford" sardoriga qiziqmoqda
04 avg 2020 18:50
Yangiliklar
"Tottenxem" "Uotford" sardoriga qiziqmoqda
Londonning "Tottenxem Xotspur" klubi "Uotford" hujumchisi va sardori Troy Diniga qiziqish bildiryapti.
Xabarga ko'ra, "Tottenxem" Dinini zaxira o'yinchisi sifatida ko'rmoqda. Gap bir mavsumlik ijara haqida ketyapti, shundan so'ng, Diniga to'liq shartnoma taklif qilinishi mumkin.
32 yoshli hujumchi 2010 yildan beri "Uotford" sharafini himoya qilib keladi. Dini 2019/2020 yilgi mavsumda Angliya chempionatida 27 o'yin o'tkazib, 10 ta gol muallifi bo'ldi, 2 ta pas berdi va 3 ta sariq kartochka oldi.
"Uotford" 38 o'yinda 34 ochko to'plab, Premer-liga jadvalida 19-o'rinni egalladi hamda "Norvich Siti" va "Bornmut" bilan CHempionshipga tushib ketdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar