"Tottenxem" Son Xyon Minning qizil kartochka olgani borasida bahslashmoqchi
04 noy 2019 16:09
Yangiliklar


"Tottenxem" Son Xyon Minning qizil kartochka olgani borasida bahslashmoqchi
"Tottenxem" Angliya chempionati 11-tur doirasidagi "Everton" (1:1)ga qarshi o'yinda Martin Atkinsonning qaroridan norozi.
"SHporlar" Son Xyon Minni qizil kartochka olgani borasida bahslashishmoqchi va klub hakam adolatsiz qaror chiqardi deb hisoblamoqda.
O'yinning ikkinchi bo'limida Son Xyon Min Andre Gomeshni yiqitdi va o'sha vaziyatda portugaliyalik o'yinchi jiddiy jarohat oldi.
Dastlab hakam koreyalik futbolchiga sariq kartochka ko'rsatdi, so'ngra o'yinchini maydondan chetlatishga qaror qildi.
O’xshash yangiliklar
14:22
MYU va "Tottenxem" muxlislari Bilbaodagi Evropa ligasi finali oldidan San-Sebastyanda mushtlashishdi 4

Fikrlar