"Tottenxem" Regilon, Lamela va Lo CHelsoni jazoladi
05 jan 2021 21:06
Yangiliklar
Manbaga ko'ra, “shporlar”ning uch azosi – himoyachi Serxio Regilon, yarim himoyachilar Jovani Lo CHelso va Erik Lamela karantin qoidalarini buzgani uchun jarimaga tortildi. Ular “Vest Xem” xavbeki Manuel Lansini bilan birga Rojdestvo bayramini hukumatning karantin qoidalariga zid holda nishonlagani suratga olingan va bu internet tarmoqlarida tarqalib ketgan. “Tottenxem” ushbu holatni o'ta salbiy kutib oldi va shu tufayli klub futbolchilarga o'z vazifalarini eslatib, pul jarimasi bilan jazolashga qaror qildi.
Qayd etilishicha, huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bo'lib o'tgan voqea yuzasidan “Tottenxem” hamda “Vest Xem” rahbarlari bilan suhbat o'tkazgan.
Instagram'dagi maxsus @angliyafutboli sahifamizga obuna bo'ling!
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 32

Fikrlar