"Tottenxem" PSJ futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
15 apr 2020 12:26
Yangiliklar
"Tottenxem" PSJ futbolchisini o'z safiga qo'shib olmoqchi
"Tottenxem" PSJ himoyachisi Toma Myonega qiziqish bildirmoqda.
Xabarlarga ko'ra, futbolchining o'zi Parij klubi bilan shartnomasini uzaytirishni xohlaydi, ammo uning kelajagi hozircha so'roq ostida turibdi.
Futbolchiga qiziqayotgan jamoalar orasida "Inter", "Manchester Yunayted" va Dortmundning "Borussiya" klublari ham bor.
28 yoshli belgiyalik joriy mavsum PSJ libosida barcha musobaqalarda 27ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 2ta assist qayd etgan.
Fikrlar