"Tottenxem" Perishich uchun kurashga qo'shildi
18 may 2020 13:35
Yangiliklar


"Tottenxem" Perishich uchun kurashga qo'shildi
"Bavariya"da ijara asosida o'ynayotgan "Inter" o'yinchisi Ivan Perishichga "Tottenxem" qiziqish bildirmoqda.
"SHporlar" hujum chizig'ini kuchaytirishmoqchi va 31 yoshli xorvatiyalik futbolchi moliyaviy inqiroz davrida klubga qimmatga tushmasligi mumkin.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" mavsum yakunlangandan so'ng Perishichni 20 million evroga xarid qilish huquqidan foydalanmoqchi emas.
Futbolchi joriy mavsum Bundesligada 16ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 4ta assist qayd etgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar