"Tottenxem" o'z yetakchisini transferga qo'yadi

Mirjalol Normatov
7 yanv 2019, 13:55
"Tottenxem" o'zining yetakchi futbolchisi Kristian Eriksen bilan xayrlashishi mumkin.

AS xabariga ko'ra, agarda futbolchi klub bilan shartnomasini uzaytirishdan bosh tortsa, yozda 26 yoshli daniyalikni boshqa jamoaga ketkazib yuborishga tayyor. Hozirda Eriksenga "Real" jiddiy da'vogarlik qilmoqda.

Bu mavsumda Eriksen "Tottenxem" tarkibida 25 o'yinda qatnashib, 6 gol urdi va 9 golga assistentlik qildi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2020 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi 80 million evroga narxlanmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS