So’nggi yangiliklar

00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  0 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  0 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  0 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  0 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  2 23:12Туркия. Турғунбоевнинг ягона голи "Сивасспор"га ўртоқлик ўйинида ғалаба тақдим этди  2 22:55Ўртоқлик ўйини. "Арал" Суперлига жамоасини мағлуб этди  4 22:27Венесуэлада ВАР томонидан белгиланган офсайд чизиғи муҳокамаларга сабаб бўлди  12 22:00"Челси" Сарр билан шартномани бекор қилди. Футболчи эркин агент сифатида "Ланс"га йўл олади  1 21:43"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз — 9 ёшли Диёрбек Равшанов  0 21:21Шерзод Эсанов “Андижон” мухлислари билан хайрлашди  9 21:02Испания ОТЖ бош мураббийи: "Бор эътиборимизни Ўзбекистонга қарши ўйинга қаратганмиз"  21 20:49Париж-2024. Ўзбекистоннинг Испанияга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  22 20:21Хёйбьерг "Тоттенхэм"дан "Марсел"га ўтди  3 20:00Расман: Мбаке — "Барселона" футболчиси!  5

"Liverpul" CHempionlar ligasi g'olibi! Yangiliklar

"Liverpul" CHempionlar ligasi g'olibi!

"Tottenxem" hamda "Liverpul" o'rtasida o'tkaziladigan CHempionlar ligasi finali "qizillar" g'alabasi bilan yakuniga etdi.

Evropa chempionlar ligasi 2018/2019

Final 

"Tottenxem" (Angliya) – "Liverpul" (Angliya) 0:2

Gollar: Saloh 2, Oriji 87.

2 iyun 2019 yil, 00:00

"Estadio Metropolitano" stadioni, Madrid 

Bosh hakam: Damir Skomina (Sloveniya)

Qanot hakamlar: Yure Praprotnik, Robert Vulkan (ikkalasi Sloveniya)

Zaxira hakam: Antonio Mateu Laos (Ispaniya)

VAR hakam: Denni Makkelie (Gollandiya)

"Tottenxem" – 1. Ugo Loris, 2. Kiran Triper, 3. Denni Rouz, 4. Tobi Alderveyreld, 5. Yan Vertongen, 8. Xarri Uinks, 20. Dele Alli, 23. Kristian Eriksen, 17. Mussa Sissoko, 7. Son Xyon Min, 10. Xarri Keyn 

Zaxira – 22. Paulo Gazzaniga, 13. Mikel Vorm, 6. Davinson Sanches, 21. Xuan Foyt, 24. Serj Ore, 33. Ben Devis, 11. Erik Lamela, 12. Viktor Vanyama, 16. Kayl Uoker-Piters, 18. Fernando Lorente, 27. Lukas Moura. 


"Liverpul" –13. Alisson Bekker, 4. Virjil van Deyk, 32. Joel Matip, 26. Endi Robertson, 66. Trent Aleksandr-Arnold, 3. Fabino, 5. Jorjino Veynaldum (7. Jeyms Milner 62), 14. Jordan Xenderson, 10. Sadio Mane, 11. Muhammad Saloh, 9. Roberto Firmino (27. Divok Origi 58).

Zaxira – 22. Simon Minole, 6. Deyan Lovren, , 12. Joe Gomez, 18. Alberto Moreno, 20. Adam Lallana, 21. Aleks Oksleyd-CHemberlen, 23. Jerdan SHakiri, 57. Rayan Bryuster, 15. Daniel Starrij, 60. Kaomin Kellexer.



UCHRASHUV YAKUNLANDI. "Liverpul" chempion!

90+3. "Tottenxem" futbolchilarining raqib darvozasiga bergan aniq zarbalarini Alisson qaytaryapti yoki to'pni ushlab olmoqda.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

- Gollarni bu erda tomosha qilishingiz mumkin: TELEGRAM

- Finalni ko'rish uchun barda joy yo'q.

87. GOOOL! ORIJI uchrashuvga nuqta qo'ydi! 2:0, aniqrog'i 0:2.

85. SOOOON! Burchakdan uzatilgan to'p Eriksenning oyog'iga tegib, darvoza oldidagi Songa bordi. Koreyalik futbolchi 3 metrdan gol ura olmadi. Bundan tashqari Sonda ofsayd bor ekan.

85. ZARBA! Eriksen to'pni uzoq burchakka yo'lladi, Alissondan navbatdagi seyv.

83. Qo'pollik! Milner o'z jarima maydonchasi chizig'i ustida Rouzga qo'pollik ishlatdi. Xavfli standart!

82. "Tottenxem"ning so'nggi o'zgarishi. Dele Alli o'rniga Fernando Lorente maydonga tushdi.

80. Zarbaaa! Avvaliga Son uzoq masofadan Allison darvozasini ishg'ol qilishga urindi, ammo braziliyalik posbon to'pni qaytardi, hujumning ikkinchi to'lqinini Moura zarba bilan yakunladi, Beker bu safar to'pni egallab oldi.

77. Janob Pochettino, yigitlarni uyg'oting! Finaldan so'ng javob uchrashuvi bo'lmaydi.

75. Son Xyon Min raqib jarima maydonchasiga yorib kirishga urindi, ammo so'nggi pallada Virjil van Deyk bu hududda kim hukmdor ekanligini ko'rsatib, to'pni maydondan chiqarib yubordi.

74. O'zgarish. Mussa o'rniga Erik Dayer maydonga tushdi.

71. Tripper va Rouz o'z qanotidan bir martadan to'pni jarima maydonchasi ichiga tashlashdi va har safar zarba beradigan futbolchi topilmadi.

69. MILNER! Mane maydon markazida fintlar ishlatib, raqib jarima maydonchasiga yaqinlashdi va to'pni Salohga uzatdi. Muhammad esa yonida turgan Jeyms Milnerni to'p bilan taminladi. Yaqindagina maydonga tushgan futbolchi Loris darvozasini ishg'ol qilishga urindi, biroq biroz noaniq.

66. Pochettinodan yurish. Uinks o'rniga Lukas Moura maydonga tushdi.

62. O'zgarish. Veynaldum o'rnini Jeyms Milner egallaydi.

58. O'zgarish. Firmino o'rniga Divok Oriji maydonga tushdi.

54. Robertson to'pni "shporlar" jarima maydonchasiga tashladi, Mane hisobni 2:0ga etkazishi mumkin edi, ammo Loris to'pni egallab oldi.

46. Kechirasiz, ko'z ilinibdi. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


- Final haqida qisqacha...




BIRINCHI BO'LIM YAKUNIGA ETDI! Uzoqlashmang, sizni ajoyib suratlar bilan siylaymiz.

45. Birinchi bo'limga 2+ daqiqa qo'shib berildi.


42. "Vanda Metropolitano". Haqiqiy go'zallik.


38. Robertosn o'z qanotidan raqib jarima maydonchasiga kirmay darvoza tomon kuchli zarba berdi. Ugo Loris to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi va burchak zarbasi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.


34. "Tottenxem" ustozi Maurisio Pochettino o'z maqsadiga erishdi. U finaldan oldin jamoaning barcha futbolchilari suratga tushishini istagan edi. To'g'rida, bu erdagilarning hammasi qahramon.


31. Mayli, o'yinga qaytamiz. O'zi qaerda edik?

23. Takroriy lavhani kutganlar uchun atalgan surat



20. Son Xyon Min "Liverpul"ning bir himoyachisidan o'tganida Alisson bilan birga-bir chiqardi, ammo "qizillar" futbolchisi buni uddalay olmadi.

18. Kutilmagan voqea yuz berdi. Maydonga cho'milish kiyimida qiz tushib ketdi.

17. Virjil van Deykning himoyadan hujumga uzatayotgan uzun paslari borgan sari xavfli tus olmoqda. Esingizda bo'lsa xuddi shunday yo'l bilan Mane "Bavariya" darvozasini ishg'ol qilgan edi.

15. "Tottenxem" himoyadan hujumga o'tishda muammolarga duch kelyapti. "Qizillar" markazda o'ziga xos chiziq hosil qilishgan.

9. Son Xyon Min raqib jarima maydonchasida "Liverpul"ning ikki futbolchisini aldab o'tdi, ammo Matip xavfni bartaraf etdi.

4. Bahs bunday boshlanishi uchrashuvni yanada qizitadi deb umid qilamiz. 

2. GOOOL! Muhammad Saloh hisobni ochdi, penaltidan.


1. FINAL BOSHLANDI! PENALTI!!! To'p Mussa Sissokoning qo'liga tegdi. Hakam penalti belgiladi. To'p qarshisida Muhammad Saloh.


- Final bir daqiqa sukut bilan boshlanadi. Avariyada halok bo'lgan Xose Antonio Reyes yodga olindi.

Xose Antonio Reyes YTH oqibatida vafot etdi

- Hakam nomini yana bir bor eslab olamiz. Sloveniyalik Damir Skomina hamkasblari bilan birga inglizcha finalni boshqaradi.

- Jamoalar maydonda va siz hamda biz sevgan CHempionlar ligasi madhiyasi yangrab o'tdi.


- Koncert uchun yaratilgan sahna.


- Mana usha afsonaviy sovrin.

- IMAGINE DRAGONS o'z qo'shiqlarini boshladi. Tinglab, finaldan oldin kayfiyatingizni ko'tarib oling.

- Assalomu alaykum saytimizning qadrli o'quvchilari. Bir necha daqiqalardan so'ng Madrid shahridagi "Vanda Metropolitano" stadionida "Tottenxem" hamda "Liverpul" o'rtasidagi CHempionlar ligasi final uchrashuvi boshlanadi. Tarkiblar bilan pastroqda tanishib olishingiz mumkin.



Reyting: +35   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика