"Tottenxem" Kristian Eriksenning transfer narxini ma'lum qildi

Mirjalol Normatov
4 dek 2019
"Tottenxem" rahbariyati yarim himoyachi Kristian Eriksen bilan shartnoma uzaytirilmasligini tushundi.

"Evening Standart" xabariga ko'ra, Angliya klubi futbolchini qishki transferlar oynasi vaqtida sotib yuborishga tayyor turibdi.

Ayni damda "shporlar" rahbariyati daniyalik futbolchini 50 million evroga sotib yubormoqchi. Hozirda futbolchiga "Real", "Yuventus" va "Bavariya" kabi klublardan qiziqishlar bo'lmoqda.

Uning ayni damdagi shartnomasi 2020 yilning yozida yakunlanadi. Ushbu mavsumda futbolchi 11 o'yinda 1 gol urdi va 1 golga assistentlik qildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Evening Standart