“Tottenxem” himoyachisi qachon safga qaytishi ma'lum bo'ldi

12 okt 2018, 09:20
Yan Vertongen APL 7-turidan o'rin olgan “Xaddersfild”ga qarshi bahsda jarohat olgan edi.

31 yoshli futbolchiga tizza osti paylarining shikastlanishi tashxisi qo'yildi. “Tottenxem” esa futbolchining qachon safga qaytishini ma'lum qildi. Unga ko'ra, Vertongen dekabrdan boshlab to'liq mashg'ulotlarga kirishadi. Avvalroq futbolchi 4 hafta maydonga tusha olmasligi haqida xabar qilingandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: “Тоттенхэм” расмий сайти