"Tottenxem" Fernandeshga bo'lgan qiziqishlarni yangiladi
13 okt 2019 14:29
Yangiliklar


"Tottenxem" Fernandeshga bo'lgan qiziqishlarni yangiladi
"Tottenxem" yanvar oyida Bruno Fernandesh borasida "Sporting" bilan muzokaralarni boshlamoqchi.
"A Bola" xabariga ko'ra, London klubi yozdayoq futbolchini sotib olish imkoniyatiga ega bo'lgan. Biroq o'shanda kichik sabablar tufayli transfer amalga oshmagan.
"Tottenxem" rahbariyati ayni damda qishda jamoani tark etadigan Kristian Eriksenning o'rniga boshqa nomzod izlamoqda.
Ushbu mavsumda 25 yoshli futbolchi "Sporting" tarkibida 10 o'yinda 7 gol urdi va 5 golga assistentlik qildi. Uning hozirgi transfer narxi 60 million evroga teng.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar