So’nggi yangiliklar

19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  1 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  7 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  1 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  1 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  5 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  5 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  3 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  7 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  3

Toshkentda tashkil etilgan OFKning futbol mamuriy tuzilmalari faoliyati asoslari bo'yicha ilk dasturi yakunlandi Yangiliklar

Toshkentda tashkil etilgan OFKning futbol mamuriy tuzilmalari faoliyati asoslari bo'yicha ilk dasturi yakunlandi

Teglar :  OFKO'FA
Bilasiz, O'zbekiston futbol associaciyasi hamda Osiyo futbol konfederaciyasi o'rtasidagi aloqalar yanada rivojlanib, tobora yangi bosqichga ko'tarilib bormoqda.

Buning natijasi o'laroq, qita futbol uyushmasi bir qator musobaqa hamda muhim sport tadbirlari mezbonligini O'zbekistonga topshirmoqda.

Jumladan, 28 oktyabr-1 noyabr kunlari poytaxtimizda O'zbekiston futbol associaciyasi tashabbusi bilan Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan futbol mamuriy tuzilmalari ish faoliyatini tashkil etish mavzusida seminar bo'lib o'tdi. Qayd etish joizki, bunday seminar ilk bora OFK tomonidan unga azo associaciyaning bevosita o'zida tashkil etildi.

Mazkur dastur davomida O'zbekiston futbol associaciyasi hamda Professional futbol ligasi mutaxassislari Jahon sport akademiyasi va Osiyo futbol konfederaciyasining tajribali mutaxassislari maruzalarini tinglab, o'z sohalaridagi so'nggi innovaciya va yangiliklardan boxabar bo'lish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

“Manchester Yunayted”, “CHelsi”, “Riding” kabi klublar, shuningdek, bir qator mahalliy va xalqaro futbol associaciyalarida uzoq muddat faoliyat olib borgan tajribali mutaxassislar – Stiv Griffts (SHimoliy Irlandiya), Pol Nelson (Angliya), Stiven Folk (Angliya), Tatyana Henni (SHveycariya), Laslo Scalay (Vengriya), Joana Jon (Malayziya) hamda Liu Jiae (Xitoy) kabi maruzachilar zamonaviy futbol tuzilmalari, ularning faoliyatini to'g'ri tashkil etishda etibor qaratish lozim bo'lgan muhim jihatlar, boshqaruvchi kadrlarning ko'nikma va mahoratini oshirish, futbol uchrashuvlari va katta musobaqalarni o'tkazish, media-marketing sohalarining faolligini taminlash, bunda zamonaviy texnologiyalardan faol tarzda foydalanish, shuningdek, sport huquqi hamda jahon miqiyosida muvaffaqiyatga erishgan etakchi futbol associaciyalari tajribalari bo'yicha o'z bilim va mahoratlarini o'rtoqlashishdi.

Bugun mazkur dastur o'z ish faoliyatini yakunladi. Uning qatnashchilariga maxsus sertifikatlarni topshirish marosimida O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov ham ishtirok etdi va bunday muhim dasturning dastlabkisini tashkil etishda OFK tomonidan O'FAga bildirilgan yuksak ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi.

Qayd etish joizki, ushbu dastur Osiyo futbol konfederaciyasi tomonidan unga azo milliy associaciyada ilk bora tashkil etildi va unga O'zbekiston futbol associaciyasi mezbonlik qildi. Mazkur dasturning muvaffaqiyatli yakunlanishi asosida OFK qitamizning boshqa mamlakatlari futbol associaciyalarining ham mutaxassislari malakasini shu asosda oshirib borish tajribasini yo'lga qo'yadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика