So’nggi yangiliklar

09:38“Зенит“ Бразилия терма жамоаси аъзоси билан шартнома имзолашга яқин  0 09:10Ҳакамларимиз янги бренд либосларида майдонга тушади  1 08:43“Наполи“га “Ливерпуль“ ҳужумчиси керак  0 08:18Суперлига. ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  0 07:47Хоразмдаги стадиондаги асосий муаммолардан бири бартараф этилди  2 07:20Расман: Томас Франк — “Тоттенхэм“ бош мураббийи  0 01:25Пеп Гвардиола омадсиз мавсум ҳақида: "Барселона" ёки "Реал"да бўлганимда мени аллақачон ишдан бўшатишган бўларди"  4 00:55Клублар ўртасидаги ЖЧга қизиқиш жуда паст  16 00:30"Тоттенхэм" янги бош мураббийи учун 10 млн товон пули тўлайди  0 00:10Матеус Кунья: "Манчестер Юнайтед"ни болалигимдан яхши кўраман"  3 23:57Промес ҳибсга олинди, у 7,5 йилга қамалиши мумкин  0 23:31Жон Дуран "Ал Насср"дан кетиши мумкин  0 23:13"Арсенал"нинг таклифи "Спортинг"га маъқул келмади  4 22:55Лерой Сане Туркия жамоасига ўтди  4 22:28Валерий Карпин - "Динамо" бош мураббийи!  5

Toshkentda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar uchun OFK seminari o'tkazilmoqda Yangiliklar

Toshkentda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar uchun OFK seminari o'tkazilmoqda

Teglar :  SeminarToshkent
Toshkentda futbol jamoalarining jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylari uchun Osiyo Futbol Konfederaciyasi hamda O'zbekiston Futbol Federaciyasi hamkorligida Level 1 licenziyasi uchun o'quv seminarlari o'tkazilmoqda.

Bu jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar uchun tashkil qilingan O'zbekistondagi ilk o'quv-kurslari hisoblanadi. Ushbu seminarda Oliy Liganing 14 klubidan jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiylar ishtirok etmoqda.

7 marta kuni start olgan o'quv-seminarlar jarayoni 11 mart kunigacha davom etadi. Mashg'ulotlar OFK instruktori, eronlik G'ulomrizo Jahoniy tomonidan olib borilmoqda. Unga O'zbekiston Futbol Federaciyasi texnik direktori SHavkat Imomov yordam bermoqda.

Imomov seminarlarning ochilish marosimida bu o'quv-kurslarining ahamiyati haqida to'xtalar ekan: “Jismoniy tayyorgarlik bo'yicha mutaxassislar uchun OFK seminari O'zbekistonda ilk bor tashkil etilmoqda. Avvalroq darvozabonlar murabbiylari uchun ham xuddi shunday, Level 1 darajasi uchun seminar o'tkazilgan edi. Bu seminarlar tashkil etilishining asosiy sababi - kelasi yildan OFK musobaqalarida ishtirok etadigan har bir jamoalar murabbiylar shtabining har bir azosiga o'z yo'nalishi bo'yicha maxsus sertifikatlarga ega bo'lish talabi qo'yiladi. Xuddi shuningdek, bu talab O'zPFL reglamentiga ham kiritilishi ko'zda tutilmoqda”, - deya tushuntirdi.

Seminarning nazariy mashg'ulotlari “Ramada” mehmonxonasi majlislar zalida o'tkazilayotgan bo'lsa, amaliy mashg'ulotlar O'zbekiston Futbol Federaciyasi qoshidagi suniy qoplamali maydonda bo'lib o'tmoqda.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика