So’nggi yangiliklar

22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  1 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  1 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  14 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  16 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  17 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  1 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0 17:33Расман: Постекоглу – "Ноттингем Форест" бош мураббийи!  5 17:16Расман: Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Осиё Кубогига чиқди!  26 17:08Ўзбекистон Эрон устидан қийин ғалабага эришиб, CAFA мусобақаси ғолибига айланган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 16:56U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Ўзбекистон Фаластинни қийинчилик билан мағлуб этди  58 16:36"Бухоро" "Навбаҳор" билан ўйинни уйида ўтказади  5

Toshkentda FIFAning “Markaziy Osiyo hamda Evropa milliy associaciyalar seminari” boshlandi Yangiliklar

Toshkentda FIFAning “Markaziy Osiyo hamda Evropa milliy associaciyalar seminari” boshlandi

Kecha, 3 oktyabr kuni poytaxtimizda joylashgan “Tashkent City Kongress Hall” binosida FIFAning “Markaziy Osiyo hamda Evropa milliy associaciyalar seminari” boshlandi.

Ushbu tadbirda O'zbekiston, Eron, Tojikiston, Qirg'iz Respublikasi, Afg'oniston, Turkmaniston, CHexiya, Qozog'iston, Avstriya, Turkiya, Ozarbayjon, Portugaliya, Vengriya milliy futbol associaciyalarining Prezident, Vice-prezident, Bosh kotiblari hamda FIFA, UEFA, OFK va CAFA mutaxascislari ishtirok etmoqda.





Tadbirni O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov ochib berdi. Markaziy Osiyo hamda Evropa milliy associaciyalar seminarining barcha ishtirokchilarini tabrikladi va uning yuqori darajada tashkil etilishida jonbozlik ko'rsatgan FIFA, OFK va UEFA rahbariyatiga minnatdorchiligini bildirdi.

— Mamlakatimizda futbolning ommaviyligini yanada oshirish, istiqbolli va iqtidorli futbolchilarni tanlash hamda professional darajada tayyorlashning yangi tizimini yo'lga qo'yish maqsadida Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tashabbusi bilan qarorlar qabul qilinmoqda.

— Turli yosh toifasidagi O'zbekiston milliy terma jamoalari soni 8 tadan 19 taga etkazilib, ularga sifatli talim beradigan murabbiylar soni esa 5 barobargacha oshirildi. FIFA bilan O'zbekiston futbol associaciyasi hamkorligi mutlaqo yangi bosqichga chiqdi va tarixda ilk bor futzal bo'yicha 2024-yilgi Jahon chempionatini O'zbekistonda o'tkazish huquqi qo'lga kiritildi.

— Bugungi seminar davomida futbol infratuzilmasi, moliyaviy investiciyalarni optimallashtirish, futzal, ayollar hamda bolalar futboli, xalqaro musobaqa va tadbirlarni yuqori darajada tashkil etish mavzulari muhokama qilinadi va o'zaro tajriba almashiniladi. O'ylaymanki, mazkur hamkorlik, mintaqalarda futbolni yanada rivojlantirishga hamda millatlararo do'stlikni yanada mustahkamlashga zamin bo'ladi, - dedi Ravshan Irmatov.




SHuningdek, futbolni rivojlantirish yo'lida doimiy tajriba almashib borish, xalqaro musobaqalar tashkil etish, murabbiy, hakam va boshqa futbol talimi yo'nalishlaridagi hamkorlik mamlakatlarda futbolni yangi bosqichga olib chiqishi takidlandi.

Dastlabki kungi seminar davomida futbol infratuzilmasi, moliyaviy investiciyalarni optimallashtirish, futzal, ayollar, bolalar-o'smirlar futboli, xalqaro musobaqa va tadbirlarni yuqori darajada tashkil etish kabi mavzular qamrab olindi.

Seminar bugun ham davom etmoqda.

 


Narzulla Saydullaev

Foto: O'FA matbuot xizmati

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика