Toshkentda "B" sertifikati bo'yicha xalqaro murabbiylik kurslarining ikkinchi qismi boshlandi
06 fev 2019 10:34
Yangiliklar
Toshkentda "B" sertifikati bo'yicha xalqaro murabbiylik kurslarining ikkinchi qismi boshlandi
O'zbekiston futbol associaciyasi yurtimizda murabbiylik sohasini rivojlantirish, murabbiylar mahoratini oshirish bo'yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Jumladan, 5 fevral kuni Toshkentdagi "CHig'atoy" sport majmuasida "B" sertifikati uchun OFKning xalqaro murabbiylik kurslarining ikkinchi qismi boshlandi. Mazkur kurslarda 24 nafar murabbiy qatnashmoqda. Ular orasida Ildar Magdeev, Hikmat Hoshimov, Jahongir Jiyamurodov kabi o'tmishning mashhur futbolchilari ham bor.
Murabbiylik kurslarini FIFA va OFK instruktori Islom Ahmedov olib bormoqda. Unga Oybek Davletmurodov yordam beryapti. Eslatib o'tamiz, ushbu o'quv kurslarining birinchi qismi 2018 yilning 23-29 dekabr kunlari bo'lib o'tgandi.


O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar