So’nggi yangiliklar

09:55Жоау Феликснинг "Ал Насср"даги маоши маълум  1 09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  1 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  3 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  1 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  0 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Пахтакор" билан шартнома имзолади  8 00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  4 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  12 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  22 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  6 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  5

Toshkent viloyati. Konstituciya kubogida "Rubin" g'olib bo'ldi Yangiliklar

Toshkent viloyati. Konstituciya kubogida "Rubin" g'olib bo'ldi

Toshkent viloyati futbol associaciyasi Ohangaron shahri hokimligi bilan hamkorlikda O'zbekiston Respublikasi konstituciyasi munosabati bilan ikkinchi liga jamoalari o'rtasida turnir tashkil qildi.

1 noyabr kuni start olgan musobaqa 7 dekabr kuni o'z nihoyasiga etdi. Aytganimizdek, turnirda viloyat chempionatida ishtirok etgan jamoalar qatnashdi. Ayrim tumanlar ikkita tarkib bilan ishtirok etdi. Jamoalar asosan yosh futbolchilarga etibor qaratishdi.
Musobaqaning final uchrashuvi Ohangaron shahrida o'tkazildi. Finalga etib kelgan «Ohangaron-S» - «Rubin» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv ancha qiziqarli kechib, yakunda qibrayliklar amalda uchrashuv mezbonidan ustun kelishdi - 2:1.

Final bahsi yakunlangach, g'olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tadbirda so'zga chiqqan Toshkent viloyati futbol associasiyasi birinchi vice-prezidenti Botir Mahmudov va Ohangaron shahar hokimi Odiljon Jo'raev ishtirokchilarning keyingi faoliyatiga omad tilab, kubok hamda medallarni o'z egalariga topshirishdi.

Qolaversa, final uchrashuvini yuqori saviyada boshqargan hakamlar Andrey Snetkov, Husniddin O'rolov va R.Mavlonovga qimmatbaho sovg'alar taqdim qilindi.

Toshkent viloyati futbol associaciyasi musobaqani tashkil qilishda va o'tkazishda yaqindan amaliy yordam bergan Ohangaron shahar hokimi Odiljon Jo'raevga minnatdorchilik bildiradi.

KONSTITUCIYA KUBOGI
Yarim final

OHANGARON-S (Ohangaron) - BO'KALIK (Bo'ka) - 3:1
RUBIN (Qibray) - TOSHKENT VILOYATI AKADEMIYASI - 3:0

FINAL
OHANGARON-S - RUBIN - 1:2

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика