So’nggi yangiliklar

02:00АПЛ. "Манчестер Сити" "Борнмут"ни мағлубиятга учратиб, ЕЧЛ йўлланмасини деярли ҳал қилди. Ҳусанов қайдномага киритилмади  31 00:35Эмилиано Мартинес икки топ-клуб қизиқишлари доирасида  2 00:13"Атлетико" президенти 3-ўрин ҳақида: "Бу фалокат!"  11 23:45"Барселона" асосий трансфер мақсадини белгилаб олди  10 23:19Анге Постекоглу: "МЮ футболчиларининг бундай катта ўйинга қандай тайёрланишини билмаймиз"  1 22:55Родригога Англиядан харидор чиқди  2 22:31ОФК клублар рейтинги янгиланди. Ўзбекистон ўз ўрнида қолди  12 22:06"Барселона" ҳимоя етакчиларидан бири билан шартномани узайтирмоқчи  2 21:40"Милан"нинг ЕЧЛга чиқа олмагани клубга бир неча ўн миллион еврога тушади  5 21:14"Рома"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  6 20:48Португалия термаси Миллатлар Лигаси ярим финали учун қайдномасини эълон қилди  5 20:24Мавсумнинг энг яхши дарвозабонлари рейтинги тузилди. АПЛ ва Лига 1 вакиллари етакчилик етакчилик қилмоқда  0 20:02Ўзбекистон Кубоги. "Сўғдиёна" "Хоразм ФА"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, "Цементчи"га техник мағлубият ёзилди  4 19:06Лига 1 2024/25 йилги мавсуми рамзий жамоаси эълон қилинди  2 18:41Тошкентда ютган мураббий ва футболчи, мавсумдаги илк ғалабага эришган посбон, "Жар"да супергол урган футболчи — Суперлигада 10-турнинг энг яхшилари  2

Toshkent viloyati "Bolalar ligasi". Finalchilar aniq Yangiliklar

Toshkent viloyati "Bolalar ligasi". Finalchilar aniq

Toshkent viloyati futbol federaciyasi muntazam ravishda o'tkazib keladigan ikki yosh toifasidagi "Bolalar ligasi"ning finalchilari aniqlandi.

Dastlab viloyatning bir nechta hududlarida musobaqaning guruh bosqichi bo'lib o'tdi. Avgust oyida Qiziltog' shaharchasida 6ta jamoa ikki guruhga bo'lingan holda final yo'llanmasiga oydinlik kiritishdi. 

2001-2002 yillarda tug'ilgan bolalardan iborat ishtiroklar o'rtasidagi bellashuvlarda o'z guruhlarida birinchi bo'lgan Yangiyo'l shahrining BO'SM va Bekobod tumanining "Metallurg" jamoalari final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi. Endi mazkur raqiblar sentyabr oyida tashkil qilinadigan final uchrashuvida maydonga tushishib, g'olib nomini aniqlashadi. Xuddi shu yosh toifasida "A" guruhida ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan Bekobod shahri jamoasi "Istiqlol" esa, uchinchi o'rin sohibiga aylandi. 


Toshkent viloyati "Bolalar ligasi". 2001-2002 yillar

3-O'RIN

"Istiqlol" (Bekobod shahri)

FINAL

"Metallurg" (Bekobod) - BO'SM (Yangiyo'l)


2003-2004 yillarda tug'ilgan bolalardan iborat jamoalar o'rtasidagi bahslardagi natijalar ham kattalarnikidan deyarli farq qilgani yo'q. Jumladan, "Istiqlol" bu yosh toifasida ham uchinchi o'rinni o'ziniki qildi. Finalga BO'SM yo'l oldi, faqat uning bu safargi raqibi Olmaliqning BFMi bo'ladi. 


Toshkent viloyati "Bolalar ligasi". 2003-2004 yillar

3-O'RIN

"Istiqlol" (Bekobod shahri)

FINAL

BO'SM (Yangiyo'l) - BFM (Olmaliq)


Yuqorida takidlaganimizdek, musobaqaning final uchrashuvlari sentyabr oyida o'tkazilishi rejalashtirilgan. 


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика