Toshkent terma jamoasi “Umid Kubogi-2015” Respublika chempioni!
23 may 2015 14:14
Yangiliklar

Toshkent terma jamoasi “Umid Kubogi-2015” Respublika chempioni!
Samarqandda 1999 yilda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida o'tkazilagan “Umid Kubogi-2015” Respbulika turnirining g'olibi aniqlandi.
Musobaqaning finalida kutilgandek, Toshkent hamda musobaqa mezboni Samarqand terma jamoalari ro'baro' kelishdi. Finalga puxta tayyorgarlik ko'rib poytaxtliklar 3:0 hisobida Samarqand terma jamoasini mag'lubiyatga uchratishdi. SHu tariqa, Toshkent terma jamoasi “Umid Kubogi-2015” Respbulika turnirida birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Ikkinchi o'rin Samarqandlik o'smirlarga nasib qildi.
Uchrashuvdan keyin g'olib va sovrindorlar Samarqand viloyat futbol federaciyasi tomonidan musobaqa kubogi va medallari bilan taqdirlanishdi.
“Umid Kubogi-2015”. Final
Toshkent - Samarqand - 3:0
Gollar: Doniyor Azizov (16), Jasur Raximov (25), Kamron Saidazimov (37).
Taqdirlash marosimidan olingan fotolavhalardan bahramand bo'ling.

Fikrlar