Toshkent shahar futbol federaciyasi "Sport TV" bilan memorandum imzoladi
12 mar 2018 16:14
Yangiliklar


Toshkent shahar futbol federaciyasi "Sport TV" bilan memorandum imzoladi
Endi haftaning har payshanba kuni, bolalar futboli, xususan Toshkent shahar chempionatining barcha yoshdagi birinchiliklari aks ettiriladigan "Kelajak Yulduzlari" ko'rsatuvi efir yuzini ko'radi.
Soat 16:05da efir yuzini ko'radigan "Kelajak Yulduzlari" ko'rsatuvi Respublikamizda bo'lib o'tayotgan bolalar va o'smirlar o'rtasidagi musobaqalarni ham yoritib boradi.
Xabaringiz bor, 11 mart kuni bolalar futboli o'rtasida Toshkent shahar chempionati start oldi. Endi MTRK vakillari uni huddi "Super liga" o'yinlarining sharhi kabi yoritib boradilar.
"Buning uchun avvalo MTRK raisi va "Sport TV" direktori Zohid Karimovga rahmat aytaman. Bugungi kunda "Super liga" o'yinlarini qizdirib yuborishda katta sabab bo'layotgan kanal bilan endi biz bolalar futbolini ham oyoqqa turg'izamiz", - deydi Toshkent shahar FF 1-Vice-prezidenti Nodirxo'ja Yuldashev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar