Toru Onike: "O'zbekistonga ajoyib mezbonlik uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman"
11 iyu 2021 20:38
Yangiliklar
Toru Onike: "O'zbekistonga ajoyib mezbonlik uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman"
OCHL-2021 sharq mintaqasi "I" guruhi so'nggi turidan o'rin olgan "Kavasaki Frontale" – "Beyjing Goan" (4:0) uchrashuvidan keyin Yaponiya klubi bosh murabbiyi Toru Onike o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugungi g'alaba bilan butun jamoa azolarini tabriklayman. Hamma katta mehnat qildi. Qolaversa, O'zbekistonga ajoyib mezbonlik uchun o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Endilikda bor etiborimizni har ikki frontdagi (OCHL va chempionat) kurashga qaratamiz. Asosiy maqsadimiz – keyingi bosqichni ham muvaffaqiyatli davom ettirib, imkon qadar uzoqroqa borish. Bundan tashqari, Jey-liga o'yinlariga ham puxta tayyorgarlik ko'ramiz va o'tgan yilgi muvaffaqiyatimizni takrorlashga urinamiz", – dedi Onike.
Fikrlar