Torres: "Liverpul" muxlislari yana men haqimda kuylaganiga ishona olmayman"
30 mar 2015 18:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/167375_original.jpg)
![](/upload/storage/167375_220.jpg)
Torres: "Liverpul" muxlislari yana men haqimda kuylaganiga ishona olmayman"
Oldinroq "Liverpul" safida to'p tepgan, hozirda "Atletiko" sharafini himoya qilayotgan Fernando Torres 29 mart kuni "Enfild"da bo'lgan hayriya uchrashuvida muxlislarning iliq kutib olishi haqida o'ylamagan edi.
Eslatib o'tamiz, Torres "Liverpul"da 3,5 yil to'p tepgan va 2011 yilning qishida "CHelsi"ga o'tadi.
"Bu hissiyotli vaziyat edi, bunga qanday javob berishni bilmay qoldim. "Liverpul" muxlislari men haqimda qo'shiq kuylashlarini kutmagan edim. Hech qachon "Enfild"dagi o'yinlarimni unutmayman. Hozirgacha bu qo'shiq eshitilib turibdi. "Liverpul"dagi 3,5 yil mening hayotim va faoliyatimni o'zgartirib yubordi" - deydi Torres.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar